7- mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot.



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə4/76
tarix02.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#137469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Mundarija t r

2-ma’ruza (2 soat)
Reja

  1. Tarixiy haqiqat, tarixiy xotiraning tiklanishi

  2. Milliy va diniy urf-odatlar, qadriyatlarning tiklanishi. Diniy bag‘rikenglik va millitlararo totuvlikning qaror topishi.

3.O‘zbekiston Respublikasining 2020-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga ko‘tarish masalalari.

  1. Tarixiy haqiqat, tarixiy xotiraning tiklanishi

Mustaqillik yillarida yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda yangilanish, o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Mamlakatimz taraqqiyotining bu bosqichida xalqimiz ma'naviy taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lgan tariximiz, tarixiy qadriyatlariimzni qayta tiklash ishlari amalga oshirildi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 1998 yil O‘zFAning bir nuruh tarixchi olimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va unda bildirilgan fikrlar, Vazirlar Mahkamasining O‘zRFA Tarix Instituti faoliyatni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari asosida mamlakatimiz yaqin o‘tmish tarixidagi «oq dog‘lar»ga barham berilishi, tarixiy haqiqatni tiklash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan, sivilizatsiyaga erishmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Bugungi kunda davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida yangi renessansga qadam qo‘yish ustida keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda.
O‘zbek xalqi o‘z taraqqiyoti davomida ikkita renessansni (ya'ni buyuk rivojlanishni) o‘z tarixiga muhrlab qo‘ydi. Birinchi uyg‘onish davrida (IX-XII asrlar) ilmiy va diniy bilimlarning uyg‘unligi asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. Yurtimiz ilm-fan o‘chog‘iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko‘targan bo‘lsalar, At-Termiziy, Moturidiy, Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g‘oya va qadryatlarimizga uyg‘un holda rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida «hadis ilmining sultoni» sifatida e'tirof etildi.
Mamlakatimiz Islom ilmining markaziga aylandi. Islom dinidagi hanafiy mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o‘zbek xalqining milliy g‘oyasiga mos holda rivoj topdi.
Ikkinchi uyg‘onish XIV-XV asrlarda o‘zbek davlati dunyoda eng rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir» g‘oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g‘oyasini fan darajasiga ko‘tardi. Bugun g‘arb olimlari 500 yil oldin o‘rganilgan mavzuni inson omili, inson huquqi masalasini antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda. Bugun uchinchi uyg‘onish - Mustaqil O‘zbekiston davri boshlandi. U 1989 yildan O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrini boshlab berdi. Bugun o‘zbek xalqining milliy g‘oyasi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish g‘oyasiga aylanib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va Qonunlariga singdirilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma'rifat asosida, ma'rifatli bo‘lish negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi. Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta'sis etildi. Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug‘ bobomizning muhtasham haykali qo‘yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bog‘ Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning YuNeSKO bilan hamkorlilari yanada kengaydi. 1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e'lon qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YuNeSKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996- yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Islom Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida farmon qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000-yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi, poytaxtimizning olmazor tumani hududida “G‘alaba bog‘i” majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
O‘zbek xalqining ma'naviy merosida insonparvarlik g‘oyalari singdirilgan. Ajdodlarimiz insonparvarlikni fan darajasiga ko‘tarishgan. Forobiy - «fozil inson», Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband - «Orif inson», Alisher Navoiy - «komil inson» ta'limotlariga asos solishgan. Bugun ham, o‘tmishda bo‘lganidek, insonparvarlik borasida xalqimiz boshqa xalqlarga saboq berishi mumkin. Ommaviy madaniyat, axborot hurujlari kuchayotgan sharoitda asosiy muammo yot, buzg‘unchi g‘oyalar ta'siriga tushmasdan, g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymasdan, ma'naviy merosimizga, milliy g‘oyamizga sodiq qolishdir.
Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017-yil 15- fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4956-sonli farmoni, 2017- yil 24- maydagi «Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2995-sonli qarori, 2017- yil 20- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3074-sonli qarori, 2017- yil 30- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda2 saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma
nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma'rifatparvar Ishoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida»gi, 2017- yil 14 –apreldagi-Xorazm Ma'mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 211-sonli, 2017 yil 15 iyundagi «Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 376-sonli qarorlari madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega me'yoriy hujjatlar hisoblanadi. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini asrab-avaylash, saqlash hamda kelajak avlodga bus-butunligicha etkazish davlatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ye'tibori bilan yel-u yurtga mehnati singgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an'anasi davom yettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is'hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada yerkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil yetildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo yetilgan yodgorlik majmuasi ochildi.
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida Samarqand shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik ob'ektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Mustaqillik yillarida qator shaharlarning yubileyi nishonlandi
1997-yil Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
· 2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
· 2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
· 2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
· 2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
· 2006-yil – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
· 2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.
· 2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi.
· 2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.


  1. Yüklə 1,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin