XATTOT-chiroyli va aniq yozadiga odam, kalligraf.
XUTBA-juma va ulug‘ ayyom kunlar masjidda imom xatib tomonidan aytiladigan oyatu hadislar, pand-nasihatlar. SHuningdek, o‘rta asrlarda xalifa va mahalliy hukmdor nomini tilga olib imom tomonidan o‘qiladigan duo ham xutba deyilgan.
CHEGARA-bir joyni boshqa bir joydan ajratuvchi er, had.
SHAJARA – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmog‘i – genealogiya fani o‘rganadi.
SHO‘RO-sovet.
ELCHI- bir davlatning boshqa bir davlatda faoliyat ko‘rsatuvchi yuqori martabali rasmiy vakili.
ELCHIXONA- bir suveren davlatning suveren davlat hukumati qoshidagi diplomatik vakolati
ETNIK -kelib chiqishi jihatidan biror xalqqa oid yoki xos bo‘lgan.
ETNOGRAFIYA (ELSHUNOSLIK)- xalqlar, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini o‘rganadigan ijtimoiy fan. Etnografiya fani asosiy e’tiborni hozirgi xalqlarga qaratgan holda o‘tmishda mavjud bo‘lgan barcha etnik birliklarni ilmiy o‘rganishni ham qamrab oladi.
YURT-ma’lum xalq, aholi yashab turgan joy, o‘lka, mamlakat; vatan.
YASSAVIYLIK- Islomdagi so‘fizmga xos oqim. XII asrda O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida ham. Asoschisi Ahmad YAssaviy. Uning «Devoni hikmat» asarida yassaviylik g‘oyalari ilgari surilgan. YAssaviylik so‘fizm tamoyillarini qadimgi o‘zbek tilida targ‘ib qilingan. Uning tashviqotchilaridan biri So‘laymon Boqirig‘oniydir.
O‘LKA- 1. Mamlakat; 2. Mamlakatning ma’muriy-hududiy birlikka ega bo‘lgan biror qismi; viloyat.
O‘RDA-1. Turkiy va mo‘g‘ul xalqlarida harbiy-ma’muriy tashkilot, manzilgoh. O‘rta asrlarda oliy hukmdorlar qarorgohi, poytaxti; 2. Podshoh, xon yoki biror oliy martabali shaxsning harami.
QUR’ON- musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg‘ambarning Makka va Madinada olib borgan og‘zaki diniy targ‘ibotlari,
Payg‘ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, yoxud boshqalarning o‘zlariga qilayotgan biror ishini ko‘rib, uni man etmagan bo‘lsa, shu holatning har biri sunnat hisoblanadi. Ana shu hatti-harakatlar yoki ko‘rsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dini ahkomlari, ya’ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, ahloq odobiga doir ko‘rsatmalar ham talqin etiladi. IX-X asrlarda dindorlar orasida obro‘li deb tanilgan Hadisning oltita to‘plami vujudga kelgan. Bulardan, ayniqsa, «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko‘proq e’zozlanadi. Hadislarni yig‘uvchi, sharhlovchi, targ‘ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Islom olamida taniqli muhaddislardan Ismoil al-Buxoriy, Imom at-Termiziylar vatandoshimiz bo‘lishgan.