12-seminar. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi (2 soat). Reja: Xalqaro reyting va indekslar tushunchasi.
O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni.
O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish chora tadbirlarining ishlab chiqilishi..
2.4. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar:Labaratoriya ishlari belgilanmagan. 2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar O‘quv rejalarida kurs ishi (loyiha) kiritilmagan
2.6. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta'lim davomida talabalar o‘quv dasturiga kirmagan mavzularni qo‘shimcha adabiyotlar asosida mustaqil o‘rganadilar. Mustaqil ta'lim ikki usulda: Referat va nazorat ishi ko‘rinishida bajariladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;