7- mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot.


O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə20/76
tarix02.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#137469
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
Mundarija t r

4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining

yangi bosqichi


Bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o‘rni Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib qolmoqda. 
Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to‘xtalib, “Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz.
Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi.
Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi.
Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz”, deb ta’kidlagan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Tashqi siyosatimizning prinsipial pozitsiyasi hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obektlarini O‘zbekiston hududida joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqaridagi tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etmasligi, barcha ziddiyat va mojarolarni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilishga sodiq qolish bilan izohlanadi. O‘zbekiston hech qanday bloklarga a’zo bo‘lmasdan turib muloqot uchun ochiq va barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;
- jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;
- O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;
- mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish;
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;
- mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
- transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish;
- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin