7. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi



Yüklə 253,99 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü253,99 Kb.
#134876
02.11.23(1)


1. Tezligi 12 m/s boʻlgan mashina o'zidan 240 m oldinda ketayotgan mashinani 1 minutda quvib yetdi. Oldinda ketayotgan mashinaning tezligini toping?

2. 60 km masofani 2 soatda bosib o'tgan jism, 120 km masofani necha soatda bosib o'tadi?


3. 2 ta jismning koordinata. grafiklaridan foydalanib, ularning nisbiy tezliklarini toping.
4. Kater oqim tezligi 4 m/s bo'lgan daryoda qirg'oqqa tik yo'nalishda harakatlanib, daryoni 20 s da kesib o'tdi. Agar daryoning kengligi 60 m bo'lsa, katerning suvga nisbatan tezligini toping.
5. Dastlab 2 ta mashina orasidagi masofa 1 km edi. Ular bir-biri tomon harakatlana boshlab, 16 s da uchrashishdi. Agar 1- mashinaning tezligi 20 m/s bo'lsa, 2-mashinaning tezligini toping.
6. Quyida to'rtta jism koordinatasining vaqtga bog'lanish jadvali keltirilgan. Qaysi jism OX o'qining manfiy yo'nalishida harakatlanayotganini toping.
7. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi X1=-4-5t va X2-6-6t ko'rinishga ega. Ular qancha vaqtdan keyin uchrashadi?
8. Gorizontal joylashgan reykaga ishqalanishsiz harakatlana oladigan mufta kirgizilgan. U halqa orqali o'tkazilgan shnurga mahkamlangan. Boshlang'ich holatda shnur gorizont bilan 370 burchak hosil qilgan. Shnur o'zgarmas 50 sm/s tezlik bilan tortila. boshlandi. Agar halqaning reykadan balandligi 6 m bo'lsa, shnur gorizont bilan 53° burchak hosil qilgan paytdagi muftaning oniy tezligini toping.(Sin370=0,6; cos370=0,8)

9. Moddiy nuqta koordinatasi (-2; -1) bo'lgan nuqtadan koordinatasi (2; 2) bo'lgan nuqtaga ko'chdi. Nuqtaning ko'chish uzunligini toping.


10. Berilgan tezlik grafigidan foydalanib, avtomobilning 5 s ichida bosib o'tgan yo'lini toping.




11. Rasmda beshta jismning tezlik grafiklari tasvirlangan. Bu jismlarning qaysi birlari notekis harakat qiladi?


12. Tezlik mosullari bir xil bo'lgan ikki jism o'zaro 60° burchak hosil qilgan holda harakatlana boshladi. Ularning nisbiy tezliklari 2 marta ortishi uchun tezlik vektorlari orasidagi burchakni qanday o'zgartirish kerak?

13. Mushuk oqim tezligi 4 m/s bo'lgan sol ustida oqim tezligiga tik yo'nalishda 3 m/s tezlik bilan harakatlandi. Mushukning suvga nisbatan tezligini toping.


14. Tezligi 72 km/soat bo'lgan yengil avtomobil o'zidan oldinda ketayotgan yuk mashinasini 10 s da quvib o'tdi. Boshlang'ich vaziyatda avtomobil va yuk mashinasi orasidagi masofa 50 m bo'lsa, yuk mashinasining tezligini


15. Havo shari vertikal ravishda 200 m balandlikka ko'tarildi. Keyin shimolga 400 m, janubga 300 m uchdi. So'ngra vertical ravishda yerga tushdi. Uning bosib o'tgan yo'lini toping


16. Tezlik modullari 2 marta farq qiladigan ikkita jism o'zaro 60° burchak hosil qilib harakatlanmoqda. Agar ularning nisbiy tezliklari 4√7 m/s bo'lsa, quyidagilardan qaysi biri jismlardan birining tezligi bo'lishi mumkin?




17. Grafikda tasvirlangan 1--va 2-yuzalaming farqi qanday fizik kattalikni bildiradi?


18. Yerga nisbatan v1= 4 m/s, v2=3 m/s tezliklar bilan harakatlanayotgan platformalar ustida platformalarga nisbatan v1o =3m/s, v2o =4 m/s tezliklar bilan ikki odam rasmda ko'rsatilganidek harakatlanmoqda. Odamlarning nisbiy tezligi (m/s) qanday? (odamning harakati platformaning harakatiga ta'sir ko'rsatmaydi)

19. Tezligi 90 km/soat bo'lgan 1 -avtobus 2 -avtobusni quvib yetmoqda. Agar 1-avtobus haydovchisi avtobusni o'zi tomon 5 m/s tezlik bilan yaqinlashib kelayotganini ko'rsa, 2.- avtobusning haqiqiy tezligi qanday bo'lgan?


20. Jismning (0-6) s vaqt intervalidagi ko'chishini (m) toping.


21. Velosipedchi bosib oʻtgan yo'lning (S) vaqtga (t) bog'lanish grafidagi rasmda keltirilgan. Velosipedchi 2,5 m/s tezlik bilan harakatlangan vaqt intervalini toping.


22. Javoblarda berilgan grafiklardan qaysi biri quyidagi 4 ta holatg mos keladi?


1) (0; 1,) oraliqda jism X o'qi bo'ylab tekis harakat qilgan;
2) (t,; t) oraliqda jism tinch turdi,
3) (1, 1) oraliqda jism X o'qiga qarama-qarshi yo'nalishda tezlanuvchan harakat;
4) (1, 1) oraliqda jism X o'qiga qarama-qarshi yo'nalishda tekis harakatlandi

23. Avtomobil va velosipedchi bir-biriga qarab tekis harakatlanayotganda oradagi masofa har 3 s davomida 60 m ga kamayib boradi. Agar ular avvalgi tezliklari bilan bir tomonga harakatlanganda oradagi masofa har 4 s da 40 m ga uzoqlasha borsa, avtomobil va velosipedchining v1, va v2, tezliklari topilsin.




24. A va B moddiy nuqtalar rasmda tasvirlanganidek harakatlanmoqda, tezliklari v1=9 m/s, v2 = 12 m/s. Nuqtalarning nisbiy tezligi (m/s) aniqlansin.


25 To'g'ri yo'l bo'ylab harakatlanayotgan yengil avtomobil (I-grafik) va avtobusning (II-grafik) harakat grafiklari bo'yicha avtomobilning abtobusga bog'langan sanoq sistemasiga nisbatan tezligini (km/h) aniqlang. Jismlar faqat OX o'qida harakatlanmoqda deb hisoblang.

26. Velosipedchi to 'g 'ri chiziqli shosseda ketmoqda. Harakat boshlangandan biroz keyin velosipedchi sekundomerni ishlatdi. Sekundomer ishlagandan 50 soniya keyin u koordinata boshiga yetib keldi. Yana bir daqiqadan keyin koordinata boshidan 300 mmasofaga yetib bordi. Velosipedchi sekundomerni ishlatishidan necha soniya avval koordinata boshidan 300 m masofada bo'lgan?


27. Kater Toshkentdan Kelesgacha daryoda suzib boradi. Oqimning tezligi 2 m/s, qayiqning tezligi 3 m/s. Agar qayiq Kelesgacha oqim bo'ylab yarim soatda borgan bo'lsa, ikkala shahar orasidagi masofani toping.


28. Avtobus shimolga 60 km/h tezlik bilan, mashina esa sharqqab 80 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Avtobusga nisbatan mashinaning tezlik yo'nalishini va modulini toping.




29. A va B moddiy nuqtalar rasmda tasvirlanganidek harakatlanmoqda, tezliklari
V1= 3 m/s, v2=4 m/s. Nuqtalarning nisbiy tezligi (m/s) aniqlansin.


30. Ikki jism gorizontal yo'nalishda o'zgarmas tezlik bilan harakatlanmoqda. Birinchi jismning harakat tenglamasi x1=14+4t (m), ikkinchisiniki esa x 2= 2 + 6t (m) ko'rinishga ega. Qancha vaqtdan so'ng (s) jismlar orasidagi masofa 6 m ga teng bo'ladi?
Yüklə 253,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin