Halqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan
terroristik harakatlar majmuasi.
Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun havfli hususiyatlari
XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta
havf sola boshladi. O'zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-Yo'rk
(AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar
ichida er bilan yakson bo'ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA’,
Ispaniyadagi "ETA’, Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL - Qoida’,
"Khamas" kabi yer yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik
tashkilotlari turli ko'rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib
bormoqdalar. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha
dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir
etilgan.
Ohirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma'lum. 1970
yillarda biror shahs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti
ko'proq qo'llanilgan bo'lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus,
poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko'plab, tasodifiy kishilarning qurbon
bo'lishiga olib keladigan qo'poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan.
Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish
bo'lgan bo'lsa, hozirda terrorchilar asosan, halqaro munosabatlar sohasida va
mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo'ljallangan siyosiy
maqsadlarga erishishni ko'zlaydilar.
Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz
bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.
Terronrilik tashkilotlar o'zlarida mavjud bo'lgan barcha imkoniyatlarni
ishga solib, o'z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular
turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar.
Ma'lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan
foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico’ diniy terroristik
tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot
etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur
terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16 bekatining zararlanishi oqibatida
12 yo'lovchi halok bo'lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday
zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda
qo'llanilib, ko'plab insonlarning o'limiga sabab bo'lgan.
2011 yilning dastlabki оyi ham shiddatli tabiiy оfatlar, shuningdеk,
dunyoning turli nuqtalarida yuz bеrgan qоnli tеraktlar bilan tariх sahifalaridan jоy
оldi. Bu оy davоmida Pоkistоn, Afg`оnistоn, Irоq singari mamlakatlar bilan bir