7 ma`ruza. Tеrrоrizm va ahоli muhоfazasi. Reja


moddalarning havfli maydoni quyidagicha



Yüklə 271,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix15.10.2023
ölçüsü271,98 Kb.
#130360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7 - MA`RUZA.TЕRRОRIZM VA AHОLI MUHОFAZASI.

moddalarning havfli maydoni quyidagicha: 
granata parchasining tarqalishi 50-100 metr; 
mina parchasining uchishi 100-300 metr; 
keysning havfli maydoni 250-300; 
jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning havfli maydoni 
350-400 metr; 
avtomobilga qo'yilgan portlovchi moddaning havfli maydoni 50300 
metr; 
o'lim belbog'ining havfli maydoni 50-300 metr. 


Terrorchilar tomonidan keng qqllanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida 
portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi 
moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday 
tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo'lib, uni faqat 
saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash 
jarayoni o'ta havfli bo'lib, kichik bir hato ham inson hayotiga havf solishi ehtimoli 
juda yuqori. 


Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat: 
a)
terroristik harakatlar qonun ustivor bo'lmagan, o'zaro jipslashmagan, 
rivojlanish darajasi ancha past bo'lgan hududlarda shakllanadi; 
b)
birinchi bo'lib o'zi shakllangan, birlashgan hududni o'z tasarrufiga olishga 
harakat qiladi; 

s) o'ziga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har 
qanday homiy yordamini rad etmaydi; 
d)
tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, 
og'zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg'on gaplar tarqatishdan o'z 
maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.; 
e)
ular o'zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va 
o'z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi
f)
ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, 
terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar

g) ular o'zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki 
nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo'rqitish, vahimaga solish
bo'ysudirish maqsadida ko'proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik 
harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o'zlarini namoyish etishga urinadilar. 
(masalan, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida’, Iordaniyaning "Xamas", 
Ispaniyaning "Eta’ terroristik ayirmachilik guruhlarining harakatlarini aytish 
mumkin). 


Yüklə 271,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin