7 ma`ruza. Tеrrоrizm va ahоli muhоfazasi. Reja



Yüklə 271,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix15.10.2023
ölçüsü271,98 Kb.
#130360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7 - MA`RUZA.TЕRRОRIZM VA AHОLI MUHОFAZASI.

Halqaro terrorizm 
- bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan 
terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo'lishiga olib keluvchi, davlatlar va 
ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda halqaro 
aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o'rtasida transport va boshqa 
aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi halqaro miqyosdagi ijtimoiy havfli 
harakat va qilmishlar yig'indisidir. Halqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga 
kelib o'zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o'z 
davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy 
jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko'rsata 
boshladi. Halqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, halqaro miqyosda 
obro'ga ega bo'lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, 
transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va 
harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish 
bilan shug'ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus 
oldi. 

Halqaro terrorizm o'zining yovuz niyatlarini turli terroristik 
harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan: 
mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish; 
diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish; 


ekstremistik guruhlar tarkibida qo'poruvchilik harakatlari bo'yicha horijlik 
yo'rig'chilarning qatnashishi; 
ekstremistik guruh a'zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan 
mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko'rish; 
tayyorgarlik ko'rish va qo'poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va 
ekstremistik uyushmalar yordamida halqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq 
savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish; 
Bulardan ko'rinadiki, halqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan 
jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo'liga yadroviy, 
kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi 
kuchaydi. 

Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo'ydi. 

1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi 
uchrashuvida halqaro terrorizmga qarshi kurash to'g'risida bayonot qabul qilindi. 
Halqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari 
oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo'lib keldi. 
Chunki halqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi. 

Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi 
shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko'ruvchi jinoiy to'dalar, 
yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo'ldi. Halqaro terrorchilik va ekstremistik 
markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Halqaro 
terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga 
qarshi qo'yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat 
qildi. 

O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab 
terrorizm va ekstremizmning har qanday ko'rinishiga qarshi qat'iyat bilan kurashib 
kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi halqaro terrorizm ko'rinishlariga qaratilgan 
ko'plab halqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab 
olishga qarshi kurashish to'g'risida’gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro 
aviatsiyasining havfsizligiga qarshi kurash to'g'risida’gi 1971 yildagi Monreal 
Konventsiyaning; "Halqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan 
diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to'g'risida’gi 
1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash 
to'g'risida’gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan 
Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning mintaqaviy aksilterror 
tuzilmasi ijroiya qo'mitasi faoliyat ko'rsata boshladi. 

Yüklə 271,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin