7 ma`ruza. Tеrrоrizm va ahоli muhоfazasi. Reja


Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki



Yüklə 271,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix15.10.2023
ölçüsü271,98 Kb.
#130360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7 - MA`RUZA.TЕRRОRIZM VA AHОLI MUHОFAZASI.

Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki 



Halqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor 
masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun 
kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag'batlantirish va 
qo'llab quvvatlashga intiladi. 

Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning havfli 1990 yilda 
Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va 
mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda 
Qirg'izistonning Botken, O'zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida, 
2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004 
yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik 
harakatlari misolida o'zini namoyon etdi. 

Mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning 
umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda 
unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e'lon qildi. 
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 
sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 
sessiyasida qilgan ma'ruzasida jahon hamjamiyatining Afg'oniston muammosini 
izchil o'rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz 
tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 
yillarda olib borilgan faoliyat Afg'oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. Bu guruh Afg'oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, 
O'zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan 
ta'sir ko'rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan adi. 

Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik 
Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo'lib o'tgan sammitda 2000 yilning 
7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yo'rkda bo'lib o'tgan BMT bosh assambleyasining 
"Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash halqaro 
markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT 
doirasida terrorizmga qarshi kurash qo'mitasi tuzildi. 

O'zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga 
qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga 
Afg'onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish 
u4un havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik 
foydalanishga topshirdi. 

O'zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining 
maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat 
mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta'minlashdir. 
Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko'plab halqaro shartnomalardan 


hozirgaHa BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro 
shartnomalarini imzoladi. 

Bulardan tashqari O'zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi 
ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo'lmoqda. 
Jumladan, O'zbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), 
Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O'zbekistonning 
bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni 
ta'minlashda davlatimizning tutgan o'rni muhim ekanligini tasdiqlaydi. 


Yüklə 271,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin