7. Маvzu: Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutgan o‘rni


Turkiy o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar



Yüklə 68,74 Kb.
səhifə5/6
tarix20.06.2023
ölçüsü68,74 Kb.
#128291
1   2   3   4   5   6
7. Ìàvzu Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutg

Turkiy o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar
YUsuf Xos Xojib Bolasog‘uniyning ”Qutadg‘u bilik” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) nomli asari 1069-1079 yillarda Yozilgan bu asar doston xarakteridagi badiiy asar bo‘lsa ham, unda davlatni boshqarishga oid qimmatli fikrlar bayon qilingan va Qoraxoniylar davri madaniyatini o‘rganishda muhim manbadir. Undagi “Idora odobi”, “Qudratli davlat qonunlari”, “Podshohlarga maslahatlar” kabi boblar katta tarixiy ahamiyatga ega.
“Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” yoki “Voqeoti Temuriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning etti yoshligidan boshlab hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. “Temur tuzuklari”- muhim tarixiy manba bo‘lib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o‘zbek tilida bitilgan. Uning bir qo‘lYozmasi YAman mamlakati oliy hukmdori Ja’far podshoh kutubxonasida saqlangan.
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, G‘alabalar kitobi”) nomli tarixiy asar XVI asrda yaratilgan Yozma obidadir. Ushbu asar muallifining nomi ishonarli va qat’iy aniqlanmagan. “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asari muqaddimasida muallif o‘zini “Ojiz”, “G‘arib”, “Hokisor” deb ataydi. U Munke qoon nomiga Yozilgan “Tavorixi jahonkushoy”, G‘ozonxonning qizi nomiga bitilgan “Tavorixi guzida” va Mirzo Ulug‘bek nomidan Yozilgan “Muntahab ut-tavorixi shohiy” nomli kitoblardan saylab tartib qilish haqida buyruq olganligi va unda SHayboniyxon tarixini ham qo‘shib bir asar yaratganligi va unga “Tavorixi guzida, Nusratnoma” deb nom qo‘yganligini ochiq aytadi. Ushbu asar 1502-1505 yillar orasida Yozilgan bo‘lib, ikki mustaqil qismdan - “Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi qismda O‘g‘izxon va qadimgi turklar, CHingizxon hamda uning Mo‘g‘uliston, Dashti qipchoq, Movarounnahr va Eronda hukmronlik qilgan avlodi tarixi, ikkinchi qismda esa SHayboniyxon tavalludidan (1451 y.) to uning Movarounnahrni istilo qilishigacha (1500-1505 yy.) Dashti qipchoq hamda Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan. “Tavorixi guzida, Nusratnoma”ning ikkinchi qismi zo‘r ilmiy ahamiyatga ega. Unda SHayboniylar qo‘shinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek, ko‘chmanchilarning Qorako‘l, Hisor, CHag‘oniyon, O‘ratepa hamda Xo‘jand viloyatlarida qilgan talon-tarojlari haqida muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo‘lgan voqealarning vaqti aniq ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, SHayboniyxon qo‘shinlari tarafidan Farg‘ona viloyatining bosib olinishi faqat “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarida to‘g‘ri va to‘liq yoritilgan. “SHayboniynoma” tarixiy dostonining muallifi Muhammad Solih (taxm. 1455-1535 yy.) bo‘lib, turkiyzabon bilkut qabilasidan chiqqan. SHohruh va Mirzo Ulug‘bek davrida zo‘r nufuzga ega bo‘lgan amir SHohmalikning nabirasi. Otasi amir Nur Saidbek ham yirik amirlardan bo‘lib, avval Mirzo Ulug‘bek, so‘ngra Sulton Abu Sa’id Mirzo xizmatida bo‘lgan, 1464-1467 yillari Xorazmda hokim bo‘lgan va 1467 yili Sulton Abu Saidning farmoni bilan qatl etilgan. Muhammad Solihning yoshligi Hirotda kechgan va o‘sha erda o‘qib nash’u namo topgan, so‘ngra Sulton Husayn, 1494 yildan Samarqandda katta nufuzgu ega bo‘lgan Temuriy amirlardan Darvish Muhammad tarxon va xoja Ubaydulla Ahrorning o‘g‘li Muhammad YAxyo, 1500-1504 yillari Buxoro va CHorjo‘ydagi noib bo‘lib, shundan keyin to vafotiga qadar, SHayboniylardan Muhammad Sulton (vaf. 1505 y.) va Ubaydullaxonning kotibi bo‘lib xizmat qilgan. Muhammad Solihning yaratgan tarixiy dostoni “SHayboniynoma”da Muhammad SHayboniyxonning hayoti va olib borgan urushlari haqida she’riy uslubda hikoya qilinadi. Asar qahramonning tug‘ilganidan boshlab, to 1505 yilgacha Dashti qipchoq, Movarounnahr hamda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixidan baxs yuritadi. Dostonda qo‘shinlarning yovuzliklari, mehnatkash xalqning og‘ir ahvoli, Qorako‘l, Qarshi va Huzorda SHayboniylarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Asar geografik va etnografik ma’lumotlarga ham boydir. “SHajarayi tarokima” va “SHajarayi turk va mo‘g‘ul” asarlarini yaratgan Abulg‘ozi Bahodirxon, ham Xiva xoni (1643-1663 yy.) va tarixchi olim sifatida mashhurdir. U 1603 yil 23 avgustda Urganchda tug‘ilgan va 1619 yilgacha ana shu shaharda istiqomat qilgan. So‘ngra inilari Habash va Ilbors bilan toju taxt uchun bo‘lgan kurashda mag‘lubiyatga uchrab, Buxoroga qochib bordi va Imomqulixon (1611-1642 yy.) saroyida panoh topdi. Akasi Isfandiyor 1623 yili xon bo‘lgach, yana Xorazmga qaytib bordi va Urganchga hokim etib tayinlandi. Lekin 1627 yili Isfandiyorxonning o‘zi bilan bo‘lgan kurashda mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar Abulg‘ozixon Turkistonga qochib bordi va qozoq xonlaridan Ishimxon (1598-1628 yy.) huzurida panoh topdi. Oradan bir yil chamasi vaqt o‘tgach, 1628 yili, yana bir qozoq xoni – Tursunxon uni Toshkentga olib keldi va Abulg‘ozixon Toshkentda 1630 yilning oxirigacha istiqomat qildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Abulg‘ozixon Xiva turkmanlarining taklifi bilan yana Xorazmga qaytib bordi, lekin oradan olti oy o‘tar o‘tmas, Isfandiyorxon uni Niso va Darunga bosqinchilik yurishi uyushtirganlikda ayblab hibsga oldi va Eronga, shoh Safi’ I (1629-1642 yy.) huzuriga omonat tariqasida berib yubordi. Abulg‘ozixon o‘shanda Isfahondagi Taborak qal’asiga qamab qo‘yildi va shu tarzda Eronda 10 yil atrofida kun kechirdi. 1639 yili Abulg‘ozi qamoqdan qochdi va ko‘p mashaqqatlar chekib, 1642 yili ona yurtiga qaytib keldi. 1643 yili, Isfandiyorxon vafotidan bir yil o‘tgach, Orol o‘zbeklari uni xon qilib ko‘tardilar. O‘sha yili Abulg‘ozixon Xivadagi raqiblari ustidan ham g‘alaba qozondi va Xiva taxtiga o‘tirdi. Abulg‘ozixon keng ma’lumotli bo‘lishi bilan bir qatorda, feodal hukmdor ham edi. U o‘z faoliyati bilan ana shu doiralar manfaatlarini himoya qildi.Abulg‘ozixon 1663 yili toju taxtni o‘g‘li Anusha (1663-1687 yy.)ga qoldirib, umrining oxirini butunlay ilmiy ishga bag‘ishlaydi. U 1664 yili vafot etgan.“SHajarayi tarokima” turkman xalqi va Turkmanistonning o‘rta asrlardagi tarixini o‘rganishda bosh manba bo‘lib xizmat qiladi. “SHajarayi turk va mo‘g‘ul” 1664 yili Yozilgan, lekin Abulozixonning og‘ir dardga chalanib qolishi va tez orada vafot etishi sababli tamomlanmay qolgan. Asar IX bobining davomi, ya’ni 1644-1663 yillar voqealari Anushaxonning topshirig‘i bilan Mahmud ibn mulla Muhammad Urganjiy degan olim tomonidan Yozilgan. Asarning I-IV boblari ham o‘sha Mahmud ibn Muhammad Urganjiyning qalamiga mansubdir. “SHajarayi turk va mo‘g‘ul” asari qisqacha muqaddima va 9 bobdan iborat. Muqaddimada asosan asarning Yozilishi sabablari haqida gap boradi. I bobda Odam Atodan to Mo‘g‘ulxongacha, II bobda Mo‘g‘ulxondan CHingizxongacha, III bobda CHingizxonning tug‘ulishidan to vafotigacha, IV bobda O‘gaday qoon va uning Mo‘g‘ulistonda hukmronlik qilgan avlodi, V bobda CHig‘atoyxon va uning Movarounnahrda podshohlik qilgan vorislari, VI bobda Elxoniylar, ya’ni Eronda hukmronlik qilgan CHingiz avlodi, VII bobda Jo‘jixon va uning Dashti qipchoqda podshohlik qilgan avlodi, VIII bobda SHayboniyxon va uning Movarounnahr, Qozog‘iston, Sibir va Qrimda hukmronlik qilgan farzandlari va, nihoyat, IX bobda SHayboniyxonning 1511 yildan Xorazmda podshohlik qilgan avlodi bilan bog‘liq voqealar bayon etilgan. Asarning I-VIII boblarida umumlashtiruvchi xarakterga ega bo‘lib, Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, SHarafuddin Ali YAzdiyning “Zafarnoma” va shuningdek yana o‘n sakkizta tarixiy asarlar asosida yaratilgandir. Kitobning IX bobi yangi hisoblanadi va unda Xorazmning 1512-1663 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng va atroflicha bayon etiladi. Bundan tashqari, asarda Abulg‘oziy Bahodirxon zamonida obod bo‘lgan Xorazmdagi Urganch, Vazir, Tirsak, YAngi shahar, Buldumsoz, Bag‘dod, Kot, Durun, Qumkent, Mizdahkan, Dorug‘an ota, Boqirg‘on, Xos minora, Ism Mahmud Ota, CHilik kabi shaharlar, Amudaryo va daryo o‘zanining o‘zgarishi, xivalik turkmanlarning og‘ir ahvoli, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. “SHajarayi Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi”(1910-1918 yy.) asarlari muallifi serqirra iste’dod sohibi Muhammad YUsuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858-1923 yy.)dir. Bayoniyning naslu nasabi Xiva xonligini ko‘p yillar idora qilgan Qo‘ng‘irotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806 yy.)ga nabira bo‘ladi. Muhammad YUsuf Bayoniy yoshligidan yaxshi tarbiya topdi, keng ma’lumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o‘rgandi, adabiyot, tarix, tibb va musiqa ilmlarini egalladi. SHu bilan birga xattotlik ilmini ham yaxshi o‘rgandi. U, ayniqsa xatlarning rayhoniy, suls, kufiy va shikasta turlari bo‘yicha mohir xattot, musiqa ilmida, ayniqsa tanbur va g‘ijjak chalishda mahoratli sozanda bo‘lib etishdi. Bayoniy mumtoz adabiyotni, xususan she’r ilmini ham puxta egalladi, o‘z zamonining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz she’riyatning barcha turlarida ijod qildi. O‘zidan bir she’riy to‘plam va devon qoldirdi.

Yüklə 68,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin