6-
MASALA. Ehtiyoj – biologik va ijtimoiy yashash va faoliyat
ko’rsatish uchun zarur bo’lgan narsalarga munosabat sobiq ittifoq davrida chop
etilgan falsafiy lug’at, qomus va qomusiy lug’atlarda ehtiyoj, inson organizmi va
shaxsiyatining yashashi uchun kerak bo’lgan narsalarga zarurat deb talqin qilingan.
Ehtiyoj faqat inson organizmi uchun emas, balki o’simliklar dunyosi, korxonalar,
siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqa har qanday tabiiy ijtimoiy tizimlar
uchun ham xos bo’lgan xususiyat hisoblangan. Bundan tashqari, organizm yoki
tizim hayoti uchun zarur bo’lgan narsani ham ehtiyoj deb ta’riflab bo’lmaydi.
Chunki shu narsa bilan tizim yetarli ta’minlanganda unga nisbatan zarurat
yo’qoladi.
Jahon falsafa va psixologiya fanida ehtiyojlar mohiyati ikki yo’sinda
izohlanadi. Bir guruh faylasuf va psixologlar ehtiyojni organizm yoki individning
holati deb baholaydilar. Masalan, ochiqqan odam ovqatga ehtiyoj sezadi. Demak,
shu ehtiyoj individholati tufayli yuzaga keladi deydilar ular. Boshqa guruh olimlar
esa ehtiyojni individning atrof-muhitdagi anrsa va hodisalarga munosabati deb
tushuntiradilar.
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati,
ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular
quyidagilardir:
- mehnatni tashkil etish usuli va shakllarining o’zgarganligi;
- mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi
omillar;
- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash
imkoniyatining yaratilganligi;
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi;
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;
- demokratik qadriyatlar rivoji;
- ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridani erkin foydalanish
imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.
Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda uning komil
inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida
amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari
ro’yobga chiqishini ta’minlashga ,uning barkamol sifatlar kasb etishiga
qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki
ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish
jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi.
Insonning jamiyatdagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga
quyidagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi:
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish;
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;
- insonning o’ziligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi,
sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar
qoldirishi va iymon-ye’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson
tabiati bilan bog’liqdir. Hozirgi qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va
qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq
e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil
qilina boshlandi.
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy
mayillarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga
keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid
ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni paymol etib, ko’proq
g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga
harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar,
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini
amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik,tinchlik va
barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy
adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga
qarshilik ko’rsatadi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko’zlab amalga
oshirilayotganligi xususida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi:
«Davlat qurulishi va uning taraqqiyoti, jamiyatning demokratik yangilanishi,
iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan
bog’liq bo’lgan, qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va
vazifalarni yechishda «Islohot islohot uchun emas, avvalo nson uchun, inson
manfaatlarini ta’minlash uchun» degan teran ma’noni aslo unutmasligimiz
kerak».
12
Haqiqatdan
ham
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
barcha
islohotlarning markazida inson manfaatlari yotadi. Odat tusiga kirib qolgan bir
an’ana, ya’ni har qaysi yilga nom berishda, avvalo, inson va uning manfaatlarini
ta’minlashni, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, insonparvarlik
muhitini mustahkamlashni, ko’pchilikni o’ylantirayotgan dolzarb muammolarni
halqilishni va amalga oshirishni jamiyatimiz uchun ustuvor vazifa qilib belgilab
olinganligi ham diqqatga sazovordir.
Shaxs erkinligi demokratik qadriyatlar tizimida alohida o’rin tutadi.
Erkinlik–insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti,
anglanganligidir. Erkinlik tufayligina inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon
etadi, shaxsiy ma’suliyat va insoniy burchini to’la his etadi. Shaxs erkinligi avvalo,
axloqiy, so’z, vijdon, matbuot erkinligida ro’yobga chiqadi. Demokratik jamiyat
shaxs erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish bilan cheklanib
qolmay, ilm-fan, san’at, din, huquq va h.k. larni rivojlantirishga alohida e’tibor
beradi.
12
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуҚуҚ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий Қадрият. Т., 2005 йил,
6-бет.
Shu o’rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirmoqchimiz: «Bugun
inson huquqlari va manfaatlari, ularni har tomonlama himoyalash va ta’minlash,
jamiyatni demokratlashtirish va erkinlashtirish yo’llari haqida gapirar ekanmiz, bu
mavzu dunyoda har doim, ayniqsa, so’nggi paytlarda eng o’tkir va dolzarb
masalaga aylanib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin va buni tabiiy hol, deb
qabul qilishimiz kerak».
13
Buni tushunib olish bugungi kunda inson huquqlari va
erkinliklarini ta’minlash o’ta dolzarb masala bo’lib kelayotganligini hayotni o’zi
taqozo etmoqda. «Yerkinlik» tushunchasi har qanday shaxsga nisbatan emas, balki
o’z xatti-harakati, xulq – atvori va faoliyati uchun javobgarlikni his etadigan,
ma’naviy jihatdan barkamol insonga nisbatan qo’llaniladi: Jamiyatning ma’naviy
salohiyati yusalib borgani sari, kishilar erkinlikka o’z boshimchalik, nimani
xoxlasa shuni qilish deb emas, balki ma’naviy – intellektual rivojlanish imkoniyati
deb qaraydilar. Bozor munosabatlari sharoitida kishilarning xulq-atvori va
faoliyatini boshqarishda huquqiy normalar muhim rol o’ynay boshlaydi. Bozor
munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qshshoq guruhlarga ajralishi
tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning eng muhim xususiyati – aholining muayyan qismining ijtimoiy
himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaxo’rlar, talabalar va nogironlarning
davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol
namoyon bo’layapti.
Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg’unligidan ozod
bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va
mahoratini oshirishlari uchun g’amxo’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning
insonparvarlik yo’nalishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va
bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash
tamoyili Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining
muhim jihatlaridan biridir. Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy
ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati,
uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni
shakllantirishga intiladi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman,
ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy
fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod obod jamiyat qurish vazifalari
uyg’unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni
va uning oldida turgan muhim vazifadir.
13
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. Т., 2005 йил,
11-бет.
Dostları ilə paylaş: |