7-mavzu: o’simliklarning harakatlari


Organoidlarning harakatlanishi.Sitoplazma



Yüklə 27,18 Kb.
səhifə2/9
tarix26.11.2023
ölçüsü27,18 Kb.
#135007
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-mavzu o’simliklarning harakatlari. (2 soat) reja-fayllar.org

Organoidlarning harakatlanishi.Sitoplazma kabi undagi organoidlar ham doimo harakatlanishda bo'ladi. Masalan, eng katta organoid bo'lgan ' xloroplastlar faqatgina tsitoplazma oqimi bilan birgalikda harakatlanib qolmasdan balkim uning o'zi ham muxtor ravishda harakatlanish xususiyatiga ega. Bu holni natella hujayralari sitoplazmasi misolida sinab ko'rish mumkin. Sitoplazma tomchisida ektoplazmaning yo'qligi sababli harakatlanish yo'q, ammo xloroplastlar bir soniyada bir marotaba aylanib turishadi. Xloroplastlar sitoplazmatik mikrofilamentlar tutami bilan miozin orqali bog'langan. Uning molekulasining boshchasi aktin filamentlari bilan o'zaro ta’sirda bo'ladi. Xloroplastlarning ATF molekulasi hisobiga aylanishi aktin va miozinning uzaro ta’siri yani miozin molekulasi burilish burchagining aktinga nisbatan o'zgarishi natijasida yuzaga keladi.
YUQORIGI O'SISH
Tuproq va havoda ildiz tukchalarining, changchi naychalarining, zamburug' giflarining va moxlar protonemalarining harakatlanishi yuqorigi o'sish tufayli yuzaga chiqadi. Bu yuqori darajada qutblangan o'sish tipi bo'lib unda hujayralarning o'qiga nisbatan qatiy ravishda hujayra devorlari bo'ylab moddalar sintezi ro'y beradi. Yuqoriga o'suvchi hujayralarning uchki qismida turli elektron zichligiga ega bo'lgan vezikulalar, Golji apparati va Endoplazmatik retikulum hosilalari joylashgandir. Hujayraning boshqa organoidlari uning ushbu uchki qismidan birmuncha nariroqda joylashgandir.
Hujayralarning uchki o'suvchi qismiga xos xususiyatlardan biri bu sitoplazmada mikronaychalarning gumbazchasimon uchining yo'qligidir. Ular hujayraning silindrik qismida paydo bo'ladi. Yuqoriga o'sishning asosiy ishtirokchilaridan biri bu maxsus shiraning ajralishidir. Ushbu shiraning ajralishi esa Ca2+ ionlarining miqdoriga bog'liqdir. Masalan tradeskantsiya o'simligi changchi naychalarining o'sishi uchun Ca+ miqdori 0,1-1,0 mkmolG'l oralig'ida bo'lishi lozim.
Tajribalarda tasdiqlanishicha yuqorigi o'sish uchun shirachi vezikulalarning hujayraning uchki qismiga tashiluvi o'ta muhimdir. Ular o'zlari bilan birga bisintez uchun material va sintetaza fermentlarini tashiydi. Litik fermentlar yuqori turgor bosimiga qarshilik qilinmaydigan darajada hujayra devorini yumshatadi. Buning natijasida hujayra devorlari mikrofibrillari suriladi. Ushbu turgor bosimi tufayli cho'zilgan va bo'shashgan hamda oralari ochilgan joyga sintazning ishlashi uchun zarur bo'lgan yangi komponentlar kela boshlaydi. Hujayraning uchki qismida sellyulozaning mikrofibrillari qatiy bir o'lchamsiz yig'ila boshlaydi. Zamburug'larda esa xitin yig'iladi.


Yüklə 27,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin