7-mavzu: o’simliklarning harakatlari



Yüklə 27,18 Kb.
səhifə6/9
tarix26.11.2023
ölçüsü27,18 Kb.
#135007
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-mavzu o’simliklarning harakatlari. (2 soat) reja-fayllar.org

Xemotropizm. Tropizmning ushbu ko'rinishi o'simlikka kimyoviy moddalar ta’sir etganda namoyon bo'ladigan harakatlanishdir. O'simlik buning natijasida o'zining ildiz va so'rg'ichlarini oziqa tomonga qaratadi. O'simlik ildizlari tuproqdagi organik va mineral o'g'itlar tomonga qarab o'sadi va ulardan unumli foydalanadi (musbat xemotropizm). Kislota, ishqor va boshqa zahajjli moddalardan ildiz qochadi (manfiy xemotropizm). Bu yerda shuni aytib o’tish lozimki, moddalarning muhitdagi miqdoriga qarab kimyoviy birikmalarga nisbatan harakat manfiy yoki musbat bo'lishi mumkin.
O'simlik ildizlaridagi xemotropizm sezgirligi ildiz uchlarida joylashgandir.
O'simliklarda suvda eruvchi kimyoviy birikmalardan tashqari gazsimon birikmalarga nisbatan ham xemotropizm bo'lishi mumkin.
Gidrotropizm. Bu o'simlik ildizlarining, zamburug' giflarining tuproq tarkibidagi namlik tomonga harakatlanishidir. Masalan, o'simlik ildizlari doimo tuproqda namlik ko'p bo'lgan tomonga qarab o'sadi.
Tigmotropizm. Bu o'simliklarga tekgandagi javob reaktsiyalari bo'lib o'sish davomida buralishlar yuz berishi bo'lib, ayrim hollarda giptotropizm ham deyiladi. Masalan, koleoptileyning tigmotropik harakatlari, devorlar va
daraxtlarga o'rmalab o'suvchi ayrim o'simliklarning gajaklari, havo ildizlarining uchki qismlari va ko'pchilik o'simliklardagi barglar qandlarining buralishlari.
Termotropizm. Tropizmning ushbu turi o'simliklarga haroratning ta’siri natijasida sodir bo'ladigan harakatlanishdir. O'simlik o'sayotgan muhitda harorat notekis tarqalganda, ildiz va poyada egilish paydo bo'lishi mumkin. Ushbu holatda ham musbat va manfiy termotropizm kuzatiladi. Masalan, no'xot o'simligida 32°C haroratdan past ko'rsatgichda musbat egilish, undan yuqori bo'lganda esa manfiy egilish sodir bo'ladi. Tajribalarda no'xot o'simligiga yaqin joyning harorati 26°C dan 41°C gacha ko'tarilganda uning ildizlari qizdirilgan joyga nisbatan burilishi 5 marotaba oshgan (manfiy termotropizm).
Elektrotropizm (galvanotropizm). Ushbu holat o'simlik orqali elektr toki yuborganda yoki o'simlikning organlarini elektr maydoniga joylashtirganda sodir bo'lishi mumkin. Masalan, koleoptilning apikal zonasi bo'ylab 2 daqiqa davomida 20 mkA tok yuborilsa uning egilishi kuzatiladi. Shuningdek maysalarni yuqori kuchlanishli (1 sm yuzaga nisbatan yuzlab volt kuchlanish) kondensator plastinkalari orasida joylashtilsa novda musbat zaryadga, ildiz esa manfiy zaryadlangan plastinkalar tomonga bo'riladi.

Yüklə 27,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin