7-mavzu: o’simliklarning harakatlari


HARAKATLANISH USULLARINING EVOLYUTSIYASI



Yüklə 27,18 Kb.
səhifə9/9
tarix26.11.2023
ölçüsü27,18 Kb.
#135007
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-mavzu o’simliklarning harakatlari. (2 soat) reja-fayllar.org

HARAKATLANISH USULLARINING EVOLYUTSIYASI
O'simliklarga xos yuqorida keltirilgan harakatlanish turlarining xilma xilligiga qaramasdan ularning asosiysi bu cho'zilishli o'sish tufayli harakatlanishdir. Cho'zilishli o'sishning o'ziga xos tomoni faqatgina uning osmotik kuchlar ta’sirida ro'y berishi emas balki ushbu jarayonning qaytar hol emasligidir. Shuning uchun ham cho'zilishli o'sish bir vaqtning o'zida morfogenez elementi ham hisoblanadi.
Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha yuksak o'simliklar tuban o'simliklardan kelib chiqqandir. Xususan organik dunyoda o'simliklarning rivojlanishi quyidagicha ham bo'lishi mumkin.:
Xlamidomonadalar —> xlorokoklar —> ulotrikslar —> xetoforalilar ->
> birlamchi yer usti yuksak o'simliklari yani riniofitlar —>
-> paporotniksimonlar —> ochiq urug'lilar —> gulli o'simliklar.
Binobarin o'simliklar olamida harakatlanish evolyutsiyasi doimo jadal rivojlanib borgan. Masalan, hujayralarning qaytmas cho'zilishli harakatlanishi keyinchalik qaytar o'sish harakatlariga (aylanma nutatsiyalar, tropizmlar) so’ngra esa cho'zilishli o'sishga bog'liq bo'lmagan turgor harakatlanishga (nastiyalar) va oxir oqibatda juda tez boruvchi turgorli harakatlanishga (seysmonastiyalar) aylangan. Seysmonastik harakatlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bu yerda faqatgina gormonlarning ta’sir etarli bo'lmasdan balki harakatlanish faolligini boshqariluvida elektrik impulslar (potential ta’sir) ham ishtirok etadi. O'simliklarda harakatlanishning barcha shakllari u yoki bu darajada kombinatsiyalashgan holda saqlanib qolgan. Harakatlanishning rivojlanish quyidagicha bo'lishi mumkin:
O'simliklar organlarining harakatlanishi hujayralarning o'ziga xos bo'linish tipi yani cho'zilishli-o'sishdir.Poyalar va ildizlardagi cho'zilishli-o'sish zonalarining uzayishi tufayli atrof muhit sharoitiga qarab u yoki bu darajada o'q organlarining uzayishi ro'y berib turadi (harakatlanishning qaytmas usuli). Ammo qaytar harakatlanish - tropizmning (o'sish harakatlari) geo-, foto-, xemo- va boshqa-hujayralarning turgor bosimiga bog'liq bo'Igan to'la qaytar (turgor qayrilishlar) harakatlanish turlari ham mavjud. Harakatlanishlarning barchasi xuddi yosh o'simliklarda bo'Igani kabi aylanma nutatsiya harakatlaridan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Hujayra uzayishining asosiy tipi, yuqorigi o'sish ildiz tukchalariga, changchi naychalariga va zamburug'lar giflga xosdir. O'sish va turgor harakatlarining boshqariluvi fitogormonlar ishtirokida ro'y beradi.
O'simliklarning harakatlanish faolligi oziqlanishni optimallashtirishga, ko'payish jarayonlariga qaratilgan bo'lib ayrim hollarda himoya uchun ham zarurdir.
http://fayllar.org
Yüklə 27,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin