7-mavzu: ta’lim jarayonining mohiyati. Reja



Yüklə 88,45 Kb.
səhifə1/24
tarix25.03.2023
ölçüsü88,45 Kb.
#124371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
7-mavzu ta’lim jarayonining mohiyati. Reja


7-MAVZU: TA’LIM JARAYONINING MOHIYATI.
Reja:
7.1.“Didaktika” tushunchasining mohiyati. Didaktika – pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsadi va vazifalari Didaktikaning asosiy tushunchalari. Didaktik nazariyalar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim paradigmalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
7.2.Ta’lim jarayoni mohiyati. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari. Ta’lim jarayonining prinsiplari.
7.3Ta’lim mazmunini. Ta’lim mazmunini shakllantirish prinsiplari. Ta’lim mazmunida milliy va jahon tajribalarini muvofiqlashtirish.
7.4.Davlat ta’lim standartlari. Umumiy o‘rta davlat ta’lim standarti. O‘rta maxsus davlat ta’lim standarti. Professional ta’lim davlat ta’lim standarti. O‘quv reja, o‘quv dastur va darsliklar tavsifi.
O‘quv reja, o‘quv dastur va darsliklarni ishlab chiqishda zamonaviy yondashuvlar.
Mustaqil ta’lim: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy himoyasi.


Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
7.1.“Didaktika” tushunchasining mohiyati. Didaktika – pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsadi va vazifalari Didaktikaning asosiy tushunchalari. Didaktik nazariyalar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim paradigmalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.


Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.

Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.



«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.




Yüklə 88,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin