7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kadastr obyektlarining har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining butun hududini to‘la qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;
kadastrga doir axborotning aniqligi;
kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.
8-modda. Davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat boshqaruvi Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Oldingi tahrirga qarang. Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritish tartibini belgilaydi;
Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi;
(9-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom. Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)