7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari



Yüklə 33,74 Kb.
səhifə3/3
tarix26.11.2023
ölçüsü33,74 Kb.
#135839
1   2   3
KAdastr

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(11-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
kadastr obyektlariga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchilarni qonunchilikda belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta’minlash.
(12-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi davlat kadastrining har bir turi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tartibga solingan. Mazkur Qonunning 5-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yüklə 33,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin