10-modda. Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Milliy geografik axborot tizimini va davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
(10-moddaning ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang. Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritadi;
(10-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi;
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)