43-mavzu. Afrika xalqlari o’rta asrlarda. 1.Qaysi hududda aholining askari qismi I ming yillik oxiriga qadar tashqi dunyodan ajralgan holda yashagan.
a) Hindistonda b) Xitoyda s) Afrikada d) Turkiyada
2.Qit’aning tropik o’rmonlarida,sahrolarda ovchilik va terimchi qabilalar joylashgan bo’lib, Afrikaning qaysi hududidan tashqari hududlarida yashagan ba’zi dehqonlar ildizmevali ekinlar yetishtirgan.
a) Liviya b)Misr s) Marokash d) Tunis
3.Afrikaning qaysi hududlarida temir tishli chopqilar bilan yerga ishlov berilgan?
a) Qit'aning tropik o'rmonlarida) b) Afrikaning Misrdan boshqa barcha hududlarida s )Sahroi Kabirning atroflarida d) Savanna hududlarida
4.Sahroi Kabirning atrofalrida ko’chmanchi,yarim ko’chmanchi va o’troq qabilalar ham, asosan qanday mashg’ulot bilan shug’ullangan .
a) dehqonchilik b) chorvachilik s) hunarmandchilik d) ovchilik
5. Afrikaning qaysi hududlarida qanday qabilalar yashaganligini toping.
1) Sahroning janubida 2) Sharqda 3) G'arbiy Afrikada
a) barbar va tuareglar b) fulbe c) masai, galla d) sidamo, tigrelar
a ) 1-a, 2-b, 3-c va d b) 1-a, 2-c va d, 3-b s ) 1-b va d, 2-a, 3-c d) 1-a, 2-c, 3-b va d
6. Afrikaning qaysi qabilalarida chorvachilik asosiy xo’jalik bo’lgan?
1.barbar va tuareglar 2.fulbe, sidamo, tigrelar 3.masai, galla 4.kechua,badaviy
a)1,2,3 b) 1,3,4 s) 2,3,4 d) 3,4
7. Afrikaning Sharqida Misr, Arabiston va Hindistonlar bilan savdo aloqalari ta'sirida qadim zamonlardan qaysi davlatlar tashkil topgan edi?
a)Aksum(hozirgi Efiopiya) va Nubiya b) Aukar va Gana s) Tombuktu d)Gao Mali va Aksum (hozirgi Efiopiya)
8.Arab savdogarlari VII asrlarda G’arbiy Sudan yerlariga O’rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi qanday mahsulotlarni keltirganlar.
a)zira b) tuz s) jun d) gilam
9.Afrikada Savdo yo’llari kesishgan joylarda qanday yirik qasaba-qo’rg’onlar vujudga kelgan.
1.Nubiya,Aksum 2. Gana,Aukar, Gao 3. Mali,Tombuktu 4.Songai,Kusko
10. O‘rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida dastlabki davlatlar…. tashkil topadi
a) Gana, Mali, Songai b) Nubiya,Aksum, Mali s) Songai,Kusko ,Tombuktu d) Gana,Aukar, Gao
11. Qaysi davlat VIII asrda vujudga kelib X asrda o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi.
a)Gana b) Mali s) Songai d)Aksum
12. Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to‘lovlari edi. Bojning asosiy qismini qayerdan keladigan savdogarlar to‘lagan.
a)arablar, barbarlar, yahudiylar b) inklar,arablar,hindlar
s) barbar,yahudiylar,Portugal d) hindlar,yahudiylar,arablar
13. Gana podshosi va zodagonlari qaysi maxsulotlar savdosidan katta foyda olgan?
a) oltin va kumush b) novshadil va tuz s) yoqut va chorva mollari d) oltin va tuz
14. Gana podshoning kuchli qo'shini bo'lib undagi 200 ming askarning deyarli qanchasini kamonchilar tashkil etgan? a) 20 mingini b) 30 mingini s) 40 mingini d) 50 mingini
15. Marokash sultoni Abu Bakr qaysi yilda katta qo‘shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan.
a) 1076-yilda b)1067-yilda s) 1078-yilda d) 1089-yilda
16. Gana podshosi Marokashga qaram bo‘lib, boj-yasq to‘lashdan tashqari, nimaga majbur bo‘ladi.
a) o‘z zodagonlari bilan islom dinini qabul qilishga b) aholisidan askarlarni yetkazib berish s) uylarini Marokash askarlariga bo’shatib berish d) o‘z zodagonlari bilan xristian dinini qabul qilish
17. Ganada qachon bo’lib o’tgan xalq qo'zg'oloni marokashliklar hukmronligiga chek qo’yilishiga qaramasdan Gana davlati parchalanib ketadi.
a) 1076-yilda b)1067-yilda s) 1078-yilda d) 1089-yilda
18. Gana davlati o'rnida keyinchalik qaysi davlat vujudga keledi?
a)Aksum b) Mali s) Aukar d)Tombuktu
19. Mali davlat sifatida qachon vujudga kelgan va uning axolisi islom dinini qachon qabul qilgan?
a)VII asrda vujudga kelgan va X asrda islomni qabul qilgan. b) VIII-IX asrlarda vujudga kelgan va XI asrda islomni qabul qilgan.
s) IX-X asrlarda vujudga kelgan va XII asrda islomni qabul qilgan.
d)VI-VII asrlarda vujudga kelgan va VIII asrdayoq islomni qabul qilgan.
20.Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qachon Mali o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishgan?
a)X asrda b) XI asrda s) XII asrda d)XIII asrda
21. Mali davlatida 1230-1255 yillarda hukmronlik qilgan ko'p sonli qo'shin tuzib, karvon yo'llari o'tadigan hududlarni, oltin konlarini, qolaversa qadimgi Gana yerlarini bosib olgan shaxsni toping?
a)Muso I b) Abu bakr s) Sundiata Keyt d)Muso II
22. 1324-yilda Makkaga haj safarini uyushtirgan va safarga ko'p oltin olib yo'lda ularni, sahiylik bilan tarqatib brogan Mali hukmdorini toping?
A)Muso I B) Abu bakr C) Sundiata Keyt D)Muso II
23. 1324-yilda Makkaga haj safarini uyushtirgan hukmdorga 8 ming jangchi va 500 ta qul hamroh bo‘lib, bu katta karvon qancha oltinni o‘zi bilan olib ketgani taxmin qilinadi.
a) 8-9 ming tonna b)10–12 tonna s)10-17tonna d) 12-15 tonna
24. Mali davlatining poytaxti bu…?
a)Songai b) Gao s) Niara d) Kilva
25. Qaysi asr oxiriga kelib feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
a) XIV asrning b)XV asrning s) XVI asrning d) XIII asr
26. Mali qachon butunlay inqirozga uchrab parchalanib ketadi?
a)XV asrda b) XIII asrda s) XIV asrda d)XVII asrda
27. Songai davlatiga asos solingan yil va uning asoschisini toping?
a)XII asr oxiri, asoschisi – hukmdor Alm b) XIII asr oxiri, asoschisi – hukmdor Muso I s) XIV asr oxiri, asoschisi – hukmdor Alm d)XVII asr oxiri, asoschisi – hukmdor Manelik
28. 1 ming yillik boshlarida songailar tuzgan davlat birlashmasi dastlab qaysi davlat ta’sirida bo‘ladi.
a) Gao b) Mali s) Gana d) Nubiya
29. Songai davlati qaysi asrlarda yuksal ?
a) XIV-XV asrlarda b) XIII-XIV asrlarda s) X-XIII asrlarda d) XV-XVI asrlarda
30. Qaysi davlatning asosiy daromad manbai tranzit savdosi va oltin konlari edi .
a) Songai b) Mali
s) Gana d) Nubiya
31. Mamlakatda yuz bergan o‘zaro urushlar, nizolar davlatni zaiflashtirib borgan. Bundan foydalangan Marokash sultoni XVI asr oxirida Songaini bosib oladi.
a) XV asr b)XIV asr
s)XVI asr d)XVII
32. Aksum davlati Afrikaning qaysi hududida vujudga kelgan va uning yuksalishi qaysi asrlarga to’g’ri keladi?
a)Hozirgi Misrning janibida, yuksalishi V—VII asrlarga to'g'ri keladi. b) Hozirgi Efiopiyaning shimolida, yuksalishi IV—V asrlarga to'g'ri keladi. s) Hozirgi Liviyaning sharqida, yuksalishi II—III asrlarga to'g'ri keladi. d)Hozirgi Efiopiyaning g’arbida, yuksalishi VI— VIII asrlarga to'g'ri keladi.
33. Aksum hukmdori va uning a'yonlari qaysi davlatlar bilan yaqin aloqada bo’lganlari uchun xristian dinini qabul qilgan?
a)Rim imperiyasi va Vizantiya b) Rim imperiyasi va Ispaniya s) Vizantiya va Vatikan d)Buyuk Karl imperiyasi va Vizantiya
34. Qaysi asrda Aksum qo’shinlarini Arab xalifalijgi lashkari mag’lubiyatga uchratib,Arabiston yarim orolining janubdagi yerlaridan mahrum qilgan.
a) V asrda b) VI asrda
s) IV asrda d)VII asrda
35. Aksumdagi vaziyat qaysi asrga kelib murakkablashib, davlat parchalanib ketadi.
a) XV asrda b) XI asrda
s) XIV asrda d)XII asrda