7-sinf ona tili va adabiyot fanidan chiqish testi
1.Turon yo’lbarsi badiiy adabiyotda va xalq og’zaki ijodiyotida qanday timsol sifatida qo’llangan?
A) Kuch-qudrat va jasorat
B) Harbiy jasorat timsoli
C) Kuch va salomatlik
2.Qanday so’zlarga olinma yoki o’zlashma so’zlar deyiladi?
A) Ularning atash ma’nosi bo’lmaydi, shuning uchun ular ichi bo’sh so’zlar deb ham ataladi
B) Boshqa tillardan kirgan so’zlarga
C) So’z yasovchi qo’shimchalar yordamida yasalgan so’zlarga
3.Qutb so’zining berilgan to’g’ri izohini toping
A) Osmon bilan yerning o’zaro tutashgan chizig’i
B) Yerning aylanish o’qi bilan sirti kesishgan nuqta
C) Yer sharining kichraytirilgan tasviri
4.Qutb yulduzi qaysi yulduz turkumiga kiradi?
A) Katta Ayiq yulduz turkumi
B) Kichik Ayiq yulduz turkumi
C) Shimoliy yulduz turkumi
5.Uyushiq bo’laklar deb nimaga aytiladi?
A) So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsa
B) Ikkinchi darajali bo’laklardan iborat bo’lgan so’zlar
C) Gapda bir so’roqqa javob bo’luvchi so’zlar
6.Kenja qizimiz aqlli, biroq qaysarroq.Gapda qatnashgan uyushiq bo’laklar berilgan qatorni toping
A) Kenja, biroq B) aqlli, qaysarroq C) Kenja, qaysarroq
7.Atoqli otlar berilgan qatorni toping
A) O’quvchi, Toshkent, maktab
B) O’zbekiston, Samad, “Gulxan” jurnali
C) Dildora, o’quvchi, “Sharq” jurnali
8.Infografika nima?
A) Rasm ko’rinishidagi ma’lumotlar
B) C vitamini haqidagi
C) Raqamlar iborat ma’lumot
9.Sonlar nechta guruhga bo’linadi?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta
10.Yo’riqnoma matni asosida berilgan xulosalarning qay biri noto’g’ri?
A) Dorixonadan “Vitamin C” preparatini shifokor retseptisiz olish mumkin
B) “Vitamin C” preparatini qabul qilish muddati shifokor tomonidan belgilanadi
C) C Vitamini organizmga faqat ovqat bilan kiradi
11.Na’matak tarkibida qancha miqdorda c vitamini bor?
A) 120 mg B) 150 mg C) 470 mg
12.Sifatlar tuzilishiga ko’ra nechta turga bo’linadi?
A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta
13.Monolog nima?
A) Bir kishining o’ziga va o’zgalarga qaratilgan nutqi
B) Ikki yoki undan ortiq insonning suhbati
C) Yozma nutq
14.Dialog nima?
A) Bir kishining o’ziga va o’zgalarga qaratilgan nutqi
B) Ikki yoki undan ortiq insonning suhbati
C) Yozma nutq
15.-li, -dor, -mand, -ser, -ba qo’shimchalari bilan yasalgan sifatlar nimani anglatadi?
A) O’sha narsaning yo’q yoki kam ekanligini anglatadi
B) O’sha narsaning ko’p ekanligini anglatadi
C) Mavjud yoki ko’p ekanligini anglatadi
16.Ernest Heminguey qanday oilada tug’ilgan?
A) Baliqchi B) Shifokor C) Ijodkor
17.”Chol va dengiz” qissasida Santyago dengizni nima deb atardi?
A) El mar b) La mar C) Golfstrim
18.”Chol va dengiz” qissasidagi chol baliqni nechanchi kun tutib olgan edi?
A) 80-kun B) 84-kun C) 85-kun
19.Chol tutib olgan ulkan baliqqa nimalar hujum qildi?
A) Boshqa baliq ovchilari
B) Dengiz meduzalari
C) Akulalar
20. Baliq suyagi tumshug’idan dumigacha necha fut chiqqan edi?
A) 15 fut B) 18 fut C) 20 fut