7-sinf o’quvchilari uchun informatika fanidan test savollari quyidagilardan qaysi biri axborot turi hisoblanadi



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə1/2
tarix27.11.2022
ölçüsü44,5 Kb.
#120025
  1   2
7-sinf o’quvchilari uchun informatika fanidan test savollari quy


7-SINF O’QUVCHILARI UCHUN INFORMATIKA FANIDAN TEST
SAVOLLARI
1. Quyidagilardan qaysi biri axborot turi hisoblanadi. A) tushunarli, ishonchli B) uzlukli, uzluksiz C) karrali, dolzarb D) grafikli, tovushli
2. Informatika o'rganadigan asosiy ashyoni aniqlang. A) axborot B) dastur C) kompyuter D) algoritm
3. Lotincha “Informatio" so'zi nimani anglatadi? A) xabar berish B) tushuntirish, tavsiflash C) ma'lumotlar, yangiliklarni olish D) ko'rishni ta’minlash
4. Uzlukli turdagi axborot ... deyiladi. A) diskretli B) aralash C) analogli D) foydali
5. Axborot hajmining 1 kilobayt va 1 gigabayt o'lchov biriiklari orasidagi o'lchov birligini aniqlang. A) 1 megabayt B) 1 petabayt C) 1 terabayt D) 1 bayt
6. 12354 sonini yozish uchun qo'llash mumkin bo'lgan eng kichik asosli sanoq sistemasini aniqlang. A) oltilik B) beshlik C) o'nlik D) uchlik
7. Ikkilik sanoq sistemasidan o'nlik sanoq sistemasiga aylantiring: 101012. A)21 B)26 C)23 D)25
8. O'nlik sanoq sistemasidagi 47 va 25 sonlarini ikkilik sanoq sistemasida tasvirlang: A) 101111 va 11001 B) 100111 va 11001 C) 10111 va 11001 D) 101111 va 1101
9. O'nlik sanoq sistemasidagi 37 sonini ikkilik va sakkizlik sanoq sistemalaridagi qiymatiari to'g'ri berilgan javobni aniqlang. A) 100011; 43 B) 100101; 25 C) 101001; 51 D) 100101; 45
10. Axborot nazariyasi asoschisini ko'rsating. A) K. Shennon B) J. Fon Neyman B) N. Viner D) N. Virt
11. Nuqtalar o'rniga qo'yish mumkin bo'lgan to‘g‘ri atamani aniqlang. ... deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog'liqlik darajasini tushunamiz. A) Axborot texnologiyasi B) Informatika C) Axborot sistemasi D) Axborot
12. Qanday so'zlar asosida «texnologiya» so'zi tashkil topgan? A) «compyuter» va «science» B) «techne» va «science» C) «techne» va «logos» B) «techno» va «logos»
13. Kibemetika fanining asoschisi kim? A) Norbert Viner B) Klod Shennon C) N. Virt D) J. fon Neyman

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin