8- mavzu: Davlatning maqsadli jamg’armalari reja maqsadli jamg’armalar tushunchasi Maqsadli jamg’armalar turlari



Yüklə 30,04 Kb.
səhifə1/3
tarix31.03.2023
ölçüsü30,04 Kb.
#124638
  1   2   3
ma`ruza matni 2


8- Mavzu: Davlatning maqsadli jamg’armalari


REJA
1. Maqsadli jamg’armalar tushunchasi
2. Maqsadli jamg’armalar turlari
3. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi
1. Maqsadli jamg’armalar tushunchasi
Davlat maqsadli jamg’armalari bu davlatning ijtimoiy va moliyaviy funktsiyalarini amalga oshirish maqsadida davlat byudjetidan yoki soliq va yig’imlardan tushadigan to’lovlarning alohida hisobini yuritish uchun tashkil etilgan markazlashgan pul fondi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 36-moddasiga ko’ra mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
Davlat maqsadli jamg’armalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.
Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg’armalarining ro’yxatini tasdiqlash hamda davlat maqsadli jamg’armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari g’aznachilik ijrosi bilan to’liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida va O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 46-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan davlat maqsadli jamg’armalari ro’yxati tasdiqlangan. Unga ko’ra 18 ta davlat maqsadli jamg’armalari konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradi.
2. Maqsadli jamg’armalar turlari

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha markazlashtirilgan jamg’arma

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining «El-yurt umidi» jamg’armasi

  3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

  4. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi

  5. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi

  6. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg’armasi

  7. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi

  8. O’zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg’armasi

  9. O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi

  10. Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi

  11. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi

  12. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi

  13. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg’armasi

  14. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi

  15. O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi

  16. O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi

  17. O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi

  18. «O’zbekbaliqsanoat» uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg’armasi


Yüklə 30,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin