8-Amaliy mashgulot. Olimning professionallashuvi va ijtimoiy ma’suliyati Reja



Yüklə 18,83 Kb.
səhifə3/4
tarix14.06.2023
ölçüsü18,83 Kb.
#128121
növüReferat
1   2   3   4
8-Amaliy mashgulot

4-shakl. Fundamental yoki amaliy
ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun ish dasturi
(Tadqiqot loyihasining mazmuni)

4.1. Loyihaning nomi.


4.2. Loyihada hal etilishi mo‘ljallangan fundamental yoki amaliy muammo.
Muammo doirasida loyihada echiladigan aniq fundamental yoki amaliy masala.
Loyihada qo‘yilgan masalaning ilgari echilmaganligi. Agar taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha hozirda fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturlari doirasida tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa, dasturning shifri, shartnoma raqami va loyihaning nomi ko‘rsatilsin. Ushbu tadqiqotlarni taklif etilayotgan loyiha doirasida davom ettirish zaruriyati asoslansin.
Ijrochi tashkilotda loyihani bajarish uchun zarur bo‘lgan mavjud ilmiy salohiyat, asbob-uskunalar, materiallar, qurilmalar hamda uning bajarilishi asosida erishiladigan aniq natijalar (mahsulot, texnologiya) O‘zbekiston va xorijdagi o‘xshash (analog)lari bilan solishtirgan holda qisqacha tavsifi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘lishi shart. Joiz bo‘lsa, mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilishi to‘g‘risida asoslangan ma’lumot hamda mazkur fan yo‘nalishida O‘zbekiston va xorijdagi tadqiqotlarning qisqacha tavsifi. Tadqiqotlardan kutilajak natijalarni jahon miqyosidagi ilmiy yutuqlar bilan solishtirish va loyiha bajarilishining dolzarbligini asoslash lozim (4 - 6-betgacha).
4.3. Loyiha bajarilishining asosiy bosqichlari hamda kutilajak oraliq-bosqich va yakuniy mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan natijalar (me’yoriy, ilmiy-texnik, uslubiy va boshqa hujjatlar, dasturiy mahsulotlar, reglamentlar) nazarda tutiladi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun esa tayyorlanib, nashr etiladigan - monografiya, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, standartlar va boshqa ilmiy adabiyotlar hisobga olinadi.
4.4. Loyiha mavzusi bo‘yicha shu kunga qadar guruh tomonidan olingan, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, aniq natijalar (patentlar, jurnallarda e’lon qilingan maqolalar, me’yoriy, ilmiy-texnik, uslubiy va boshqa hujjatlar, dasturiy mahsulotlar, reglamentlar qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, tajriba va maket namunalari va boshqalar) ko‘rsatiladi. Tadqiqotlar natijalarining aprobatsiyasi (sinovi) o‘tkazilgan joy va vaqti, ular bo‘yicha xulosalar va bu xulosalarni tasdiqlovchi hujjatlar keltiriladi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun - nashr etilgan monografiya, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, standartlar va boshqa ilmiy adabiyotlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy-o‘quv adabiyotlarning tasdiqlangan ro‘yxati taqdim etiladi.
4.5. Ilmiy-texnik dasturlarni shakllantirishda quyidagi shakl to‘ldiriladi:
Fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturi, shifri va nomi:
______________________________________________________________

Loyiha
mavzusi



Ijrochi tashkilot,
loyiha rahbarining
to‘liq ismi-sharifi



Tadqiqotlardan
kutilajak aniq
natijalar
(Bosqichlar yoki
yillar bo‘yicha)



YAkunlangan tadqiqotlar
natijalarini amaliyotga
joriy etish



1

2

3

4

Tashkilot rahbari (F.I.O. va imzosi)


M.O‘. Loyiha rahbari (F.I.O. va imzosi)




Izoh:
1. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va yuqorida ko‘rsatilgan shakllarning bandlariga aniq va to‘liq ma’lumotlar berilmagan hollarda vazirlik taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqishdan chetlashtirish huquqiga ega.
2. Loyihaning elektron varianti standart (1.44M-3,5”) disketada taqdim etiladi. Disketada taklif etilgan 1; 2; 3; 4; 5 va 6-shakllarga mos ravishda FORM1.RTF; FORM2.RTF; FORM3.RTF; FORM4.RTF; FORM5.RTF; FORM6.RTF ko‘rinishdagi fayllar yig‘indisi bo‘lishi lozim. Har bir disketada faqat bitta loyihaga tegishli ma’lumotlar joylashtiriladi. Fayllar Microsoft Word yoki Word Pad muharrirlari yordamida RTF formatda yozilishi kerak. Boshqa formatlardagi fayllardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fayllarni yaratishda:
- faqat band raqami ko‘rsatiladi, undan keyin nuqta qo‘yilib, matn yoziladi. Band nomlari yozilmaydi;
- agar biror bandga tegishli ma’lumotlar bo‘lmasa, u band to‘ldirilmaydi, ammo band raqami albatta ko‘rsatilishi shart.
3. Loyiha ikki va undan ortiq tashkilot tomonidan shakllantirilganda har bir tashkilotda bajariladigan tadqiqotdan kutilajak aniq natijalar keltirilishi shart.
4. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan tashkilotlarning ilmiy loyihalari tanlovga 2 nusxada taqdim etiladi.



Yüklə 18,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin