1-rasm. Ubuntu terminali Linux terminalidagi buyruqlarga misollar:
pwd – joriy manzil (katalog) ga bo`lgan yo`lni ko`rsatadi
cd – joriy joylashgan manzilni o`zgartirish
ls – joriy katalogda joylashgan fayllar ro`yxatini chiqarish
cat – faylda yozilgan ma`lumotlarni ekranga chop qilish
touch – bo`sh fayl yaratish
Linux buyruqlar qobig`ida ishlashda, ko`p hollarda, ma`lum bir buyruqni nomini --help parametri bilan kiritish orqali foydalanish bo`yicha ma`lumot olishingiz mumkin:
ls --help - ls buyrug`i uchun ma`lumotnoma ko`rsatish.
Linux operatsion tizimida batafsil ma`lumotni man sahifalari deb nomlanuvchi hujjatlar to`plamidan olish mumkin, u man buyrug`i orqali ishlatishingiz mumkin. Ushbu to`plam man buyrug`i yordamida ko`rsatilishi mumkin bo`lgan yordam ma`lumotlarini o`z ichiga olgan 8 ta bo`limni o`z ichiga oladi. Misollar:
man 1 ls – hujjatning birinchi qismidan ls buyrug`i uchun ma`lumotlarni ko`rsatish
man ls – hujjat joylashgan birinchi qismdan ls buyrug`i uchun yordamni ko`rsatish.