8-hafta mavzu: Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash


Eslatma.Siklning-davom-etish-sharti



Yüklə 295,73 Kb.
səhifə2/7
tarix27.10.2022
ölçüsü295,73 Kb.
#118719
1   2   3   4   5   6   7
dasturlash 8 haftasuda

Eslatma.Siklning-davom-etish-sharti har doim qavslar orasiga olib yozilishi lozim. Siklning tana qismini ifodalovchi figurali qavslar esa, sikl tanasi faqat bitta ko`rsatma satridan iborat bo`lganda turshirib qoldirilishi mumkin.
Bu yerda siklning qanday ishlashini tushunib olishga yordam beruvchi boshqa bir misol keltirilgan:
int sum = 0, i = 1;
while (i < 10)
{
summa = summa + i; i++;
}

cout<< "summma= " << summa; // summa 45 ga teng


Agar i<10true (rost) qiymat qabul qilsa, summa ga i qo`shiladi. i o`zgaruvchiga 1 qo`shib qo`yiladi, keyin uning qiymati 2 ga teng bo`ladi. Shu tariqa i o`zgaruvchi har siklda o`ziga 1 qo`shib, 3, 4, 5 va hokazo, 10 bo`lganga qadar qiymat qabul qilib boraveradi.i10 ga teng bo`lganda i<10 sharti false (yolg`on) qiymat qabul qiladi va sikl ishi shu yerda to`xtatiladi. Shuning uchun, summa= 1 + 2 + 3 + … +9 = 45.
Agar sikl quyida keltirilgani kabi noto`g`ri yozilgan bo`lsa nima yuz beradi?
int sum = 0, i = 1;
while (i < 10)
{
sum = sum + i;
}
Bu siklning bajarilishi cheksizdir, chunki bunda i har doim 1 ga teng vai<10 sharti har doim true qiymat qabul qiladi.
Eslatma.Siklning-davom-etish-sharti u false qiymat qabul qilgunga qadar aniq bajariladi. Dasturlashda ko`p uchraydigan xatoliklardan biri – cheksiz sikllar(bunda sikl tugatilmasdan, sikl tanasidagi ko`rsatma satrlari bajarilaveradi).Agar dasturingiz odatdagidan ko`proq vaqt davomida bajarilish jarayoni (run time)da qolsa va to`xtamasa, unda cheksiz sikl yozilgan bo`lishi mumkin. Agar dastur komanda oynasida ishga tushirilgan bo`lsa, uni Ctrl+C– tugmalar kombinatsiyasi orqali to`xtatish mumkin.
Ogohlantirish!Ko`pincha dasturchilar birinchi marta yoki dastlabki bir necha marotaba sikl operatorini yozishda xatolikka yo`l qo`yishadi. Buni ko`pchilik bir-buzilish xatoligi (off-by-one error) deb ataydi. Misol uchun, quyidagi sikl C++ ga xush kelibsiz!jumlasini 100 martadan ko`proq, 101 marta chiqaradi. Xatolikka shartli qismda yo`l qo`yilgan. Unda hisob<100 sharti hisob<=100 dan kichik.

Yüklə 295,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin