Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi.
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llaniladi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli monometrlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. SHunday suyuqlikli asboblar gruppasi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi po‘kakning siljishiga olib keladi yoki boshqa qurilma xarakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu xarakteristikalar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
Suyuqlikli asboblarning ba’zi xillarini ko‘rib chiqamiz.