Ikki naychali manometrlar. Bosim va bosimlar ayirmasini (farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali simon manometrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi (4.1-rasm). Ikki vertikal tutash naycha 1, 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 mahkamlangan.
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismdagi bosim bilan mos kelsa, sistema muvozanat holatda bo‘ladi. SHunday qilib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
(4.5)
bu erda Rabs – o‘lchanayotgan bosim, Pa; Ratm – atmosfera bosimi, Pa; s – naycha kesimining yuzi, m3; N – suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m; ρ – suyuqlikning zichligi, kg/m3; ρ1 – manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3; g – tezlanish kuchi, m/s2.
Demak,
(4.6)
(4.7)
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda:
(4.8)
Suyuqlik ustupi balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini sanab chiqish kerak (bitta tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini va ularning qiymatini ko‘shish lozim, ya’ni
(4.9)
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrning bir tomoniga (musbat) katta bosim, ikkinchi tomoniga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tomonlardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional (∆R):
(4.10)
M
4.2-расм. Бир найчали манометр.
anometrlarda kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8–10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi.
Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1, h1 va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |