8-Mavzu bosimni o’lchash usullari va asboblari. Reja-fayllar.org
4.5-расм. Қўнғироқли манометр.
o‘ng‘iroqli manometrlarda bosimning o‘zgarishi ∆R=R1-R2 bilan paydo bo‘ladigan sathlar farqi N suyuqlikka qisman botirilgan qo‘ng‘iroq holati balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Qolqovich siljishi doim N dan kichik bo‘lgan qalqovichli manometrlardan farqli o‘laroq, qo‘ng‘iroqli asboblarda qo‘ng‘iroq siljishi N dan katta, shu tufayli ular bosimning o‘zgarishiga sezgir. Sodda qo‘ng‘iroqli manometrlarda bosim o‘zgarishi qo‘ng‘iroqning botish chuqurligi o‘zgarganda gidrostatik usul bilan muvozanatlashtiriladi.
Qo‘ng‘iroqli manometrning prinsipial sxemasi 4.5-rasmda keltirilgan. Idish 1 da joylashgan suyuqlikka qo‘ng‘iroq 2 botirilgan. Naycha 3 orqali qo‘ng‘iroq ostiga o‘lchanayotgan bosim R1 beriladi, qo‘ng‘iroq ustidagi fazoga atmosfera bosimi R2 beriladi.
Bosimlar ayirmasi ∆R = R1 – R2 ta’sirida qo‘ng‘iroqni yuqoriga siljitadigan kuch paydo bo‘ladi. Qo‘ng‘iroq siljishi bilan bosimlar farqi orasida bir qiymatli munosabat olish uchun qo‘ng‘iroq siljishiga funksional bog‘langan o‘zgaruvchi aks ta’sir etuvchi kuch zarur. Buning uchun arximed kuchidan, yukdan yoki prujinadan foydalaniladi. Eng sodda hol — qalin devorli qo‘ng‘iroqdan foydalanish (arximed kuchi bilan muvozanatlashtirish). Unda R1 bosim ortganda qo‘ng‘iroq unga ta’sir etuvchi kuch yuqoriga turtayotgan kuch bilan muvozanatlashguncha ko‘tariladi.
Muvozanat holati uchun quyidagiga egamiz:
(4.25)
yoki
(4.26)
b
4.6-расм. Мувозанатлаштирувчи пружинали қўнғироқли дифманометр.
unda S va Sc — mos ravishda qo‘ng‘irok tubi va uning devorlarining halqasimon kesimi yuzi; N —∆R ta’sirida qo‘ng‘iroq ko‘tarilgan balandlik; ρ1 va ρ2 — mos ravishda idishdagi suyuqlik va qo‘ng‘iroq ustidagi muhit zichligi.
Prujina bilan muvozanatlashtirishdan differensial manometrlarda foydalaniladi. Muvozanatlashtiruvchi prujinali qo‘ng‘iroqli manometrning prinsipial sxemasi 4.6- rasmda keltirilgan. Difmanometrning sezgir elementi suyuqlikka qisman botirilgan va prujina 2 ga osilgan yupqa devorli qo‘ng‘iroq 1 dan iborat. Qo‘ng‘iroq materiali zichligi suyuqlik zichligidan katta bo‘lgani uchun R1 — R2 = ∆R = 0 bo‘lganda prujina bir oz cho‘zilgan bo‘ladi, bunda u qo‘ng‘iroqning og‘irlik kuchi va uning devoridagi suyuqlik gidrostatik bosimi kuchi orasidagi farqni teng qiladigan kuchni muvozanatlashtiradi. Bosim farqi ortishi bilan qo‘ng‘irokning ko‘tarilishi boshlanadi, natijada prujina qisiladi. Prujinaning qo‘ng‘iroqsiljishi N ga teng bo‘lgan siqilish darajasi (boshlang‘ich bo‘shashgan holatidan e’tiboran) o‘lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional, ya’ni
(4.27)
bunda S – qo‘ng‘iroq tubining yuzi; S – prujinaning koeffitsienti; qo‘ng‘iroqning P1 – P2 = 0 bo‘lgandagi botish koeffitsienti.
Ferrodinamik datchik bilan ta’minlangan qo‘ng‘iroqli asbob sxemasi 4.7-rasmda keltirilgan. Asbobning sezgir elementa qo‘ng‘irok 4 iing ochiq tarafi bilan qisma moyga cho‘ktirilgan. Asbobga ikkita naycha ulangan: katta bosim qo‘ng‘iroq ustida, kichik bosim esa uning ichiga beriladi. Qo‘ng‘iroq qo‘zg‘almas idishcha 3 da joylashgan burchakli richag 1 ga ilinadi. Qo‘ng‘iroq hosil qilgan zo‘riqish prujina 5 orqali muvozanaglanadi. Qo‘ng‘iroq siljishi bilan bosimning o‘zgarishi natijasida richag 1 va ferrodinamik datchik 7 ning ramka o‘qi 9 da joylashgan maxsus shesternyacha 8 bilan qattiq bog‘langan sektori 2 buriladi. SHunday qilib, datchik ramkachasining burilish burchagi binobarin, uning EYUK i qo‘ng‘iroqqa ta’sir ko‘rsatuvchi bosimlar farqiga proporsional. Prujina 5 ning tarangligi vint 6 orqali rostlanadi. Hozir bosimning siyraklanishini va bosim o‘zgarishlarini o‘lchash uchun qo‘ng‘iroqli asboblarning katta nomenklaturam chiqariladi. Ko‘rsatishlarni masofaga uzatish elektr (differensial transformatorli va ferrodinamik) hamda pnevmatik sistemalar orqali bajariladi.