8-mavzu. Estetika nazariyasi. Reja: Estetika tushunchasi mohiyati


Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə15/21
tarix19.04.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#115374
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri.

XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya’ni texnikaviy muhitning paydo bo‘lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan mehnatga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini ko‘rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o‘zgarishlarning sababchisi inson-uning tafakkuri ekanligi ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi.

Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammalashib borishini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Texnogen olam, sivilizatsiya bevosita fan, texnika, «ratsionallik» singari tushunchalar bilan bog‘liqdir. Texnika yordamida inson tabiatni, o‘z-o‘zini, jamiyatni tubdan o‘zgartiradi. Inson va jamiyat “texnosfera”da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator - harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy oldi. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. “Inson va mashina” munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda.

Texnika insoniyat tomonidan yaratilgan barcha yutuqlarni o‘ziga singdirib, inson qudrati va aqliga xizmat qilishi lozim. Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Biroq, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to‘xtatish, inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo‘lishi taqozo etiladi.




Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin