Ishlab chiqarishni boshqarish. Korxonani boshqarish. Boshqariluvchi. Boshqaruvchi. Maxsulot sifatini boshqarish. Sifatli tovar. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish.
8.1. Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo’linadi:
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtiomiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mehnatini boshqarishdir.
Korxonani boshqarish - bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma'muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo’nalishida tartibli ta'sir ko’rsatishdir.