ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san'ati.
8.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hk.;
ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo’l qo’ymaslik;
ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;
ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat ehtiyot yoki joriy nazorat;
tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.
Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.