12-jadval. Ishlab chiqarishni boshqarishda "ob'ekt" va "sub'ekt" tushunchalari
8.2.Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish;
odamlar (ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar (5-chizma).
Ishchilar
Odamlarni
boshqarish nuqtai nazardan-bu
Buyumlarni boshqarish nuqtai nazardan-bu
Ob’еkt
Sub’еkt
5-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi sexlar o’rtasida, har bir sexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni iste'molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:
mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va hokazo hollarda vujudga keladi.
Sifatli tovardeganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste'mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma'lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste'mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.