Dikir-dikir o`yinchoqlar. Dikir-dikir o`yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga odam va xayvonlar tasvirini chizish kerak, ularning oyoqlari esa chizilmaydi. Chizilgan tasvirni qirqib olamiz. Shakllarni kaftimizning orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlab, ko`rsatgich yoki o`rta barmoqqa atir shisha qopqog‘ini kiyib, rezina bilan mustahkamlab, stolda yurgazamiz. Ularni choptirish, o`yinga tushirish mumkin. Katta, tayyorlov guruh bolalari bunday o`yinchoqlarni mustaqil yasay olishadi.
Qo`lqop qo`g‘irchoqlar (barmoqsiz qo`lqop). Eski qo`lqopcha, qo`lqop qo`g‘irchoqlarni yasash uchun asho bo`la oladi. Bunday o`yinchoqlarni ham bolalarning o`zlari yasashlari mumkin. Qo`lqop qo`g‘irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo`lib xizmat qiladi. Qo`lqopni to`liq xayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o`taydi. Qo`lqop qo`g‘irchoq tanasi bo`lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo`lqop topilmasa‚ unda to`qilgan eski buyum yoki matodan foydalanamiz. Bunda bichishda barmoq o`rnini bichish shart emas, turli detallar unga tikib qo`yiladi.