Qo`lqop qo`g‘irchoqlar (barmoqli qo`lqop). Qahramonlarni eski qo`lqoplardan tayyorlasa bo`ladi. Agar eski qo`lqop topilmasa, uni tiqish mumkin. Bolalarga tavciya etiladigan qo`lqopning andozasi (besh barmoqlimas, to`rt barmoqli) bo`lishi mumkin. Detallarni bolalar bichib, halqa choki bilan tikadilar. Bosh qismini chizib yoki tikib, belgilangan joyga birlashtirib qo`yish mumkin. Qo`g‘irchoqning asl nusxasini eski qo`lqopdan tiksa bo`ladi. Ortiqcha detalini punktir chizig‘i bilan belgilab, olib tashlanadi va xohlagan ertak qaxramonlariga ega bo`lish mumkin. Qo`lqopga paypoqdan ozgina ulab qo`yilsa, qo`lga kiyib, tugmachadan ko`zlarini qilib qo`yilsa, qo`l barmoq harakati bilan gapiraotgan xarakat holatini ko`rsatish mumkin. Bolalar bunday qahramonlarni o`zlari yasay oladilar‚ ayniqsa ikki eski qo`lqopdan yasalgan o`yinchoq: kuchukcha, mushukcha, quoncha, bo`ri, tulkichalarni tayyorlash qiyin emas. Qo`lqopning ko`rsatgich va katta barmog‘i dum bo`ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jixozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Bunday o`yinchoqlardan bolalar sahnalashtirish faoliyatida foydalanadilar.