Pahmoq teatri. Pahmoq teatrining tuzilishi va jihozlari. Ma'lumki‚ bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida turli o`yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda stol ustida o`ynaladigan o`yinchoqlar qo`g‘irchoqlar teatridan keng foydaniladi. Pahmoq teatrining o`ziga hos tomoni shundaki‚ kichkintoylar‚ asosan‚ ertak qahramonlarining aynan o`zini ko`radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40 uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga pahmoq gazlamasi yaxshilab yopishtiriladi. Personajlar ekranda mana shu ekran orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun mo`ljallangan pahmoq teatri ertak ishtirokchilari, personajlar, dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo`ladi. Pahmoq teatri uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar karton qog‘ozdan qirqib olinadi va rangli bo`yoqda, guashda bo`yaladi. Tayyor bo`lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qo`yiladi.