resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoli- yalaming
yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqa- rishni cheklash vositasida narxlami ko‘tarishi, mahsulotlaming u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati ham- da sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi.
Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot sama- radorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahmm bo‘ladi, monopoli- yalaming iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda konavayron bo‘ladilar. Oqibatda
ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jami- yat boyligi resurslaming oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo'lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
' 2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlaming monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadla- rining nisbatan kamayishiga olib keladi;
iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekin- lashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlaming raqo- batchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foy- dani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ulami ishlab chiqarishni ratsional- lashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;
iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to ‘ sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz boTgan korxonalami o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan
miqdorda haq toTash, past sifatli tovarlami ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yoTiga g‘ov boTishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakat- lar iqtisodiyotida monopoliyalami davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qoTlanilib, bu
monopoliyaga qarshi siyosat deb ata- ladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini
monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan boTadi.
Odatda AQSH dagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan il- gariroq va
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyi- dagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
Sherman qonuni (1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo- ni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qoTga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlami taqiqiaydi.
Kleyton qonuni (1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsu- lot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlami, narx bo‘yicha kamsi- tish, maTum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bogTanib ketuv- chi direktoratlar va boshqalami taqiqlaydi.