3. SSSRning parchalanishi va Mustaqil Hamdo’stlik mamlakatlarining vujudga kelishi. 1991-yil 18- avgust kuni SSSR va KPSSning bir guruh oliy martabali kishilari, jumladan, vitse-prezident, prezident ma’muriyati rahbari, hukumat boshlig’i, KPSS MKning ba’zi kotiblari va ba’zi vazirlar prezidentning betobligi haqida xabar berib mamlakat birligi va sotsialistik tuzumni saqlab qolish uchun Favqulodda Holat Davlat qo’mitasi (FXDQ) tashkil etilganligini ma’lum qildi. Aholining eng zarur ehtiyojlarini qondirishni va’da qilib, qo’mita mamlakatning bir qator mintaqalarida favqulodda holat joriy etilganligini e’lon qildi va Ittifoq shartnomasining imzolanishini bekor qildi. U KPSS tasarrufida bo’lgan ommaviy axborot vositalaridan boshqa hamma ommaviy axborot vositalarini taqiqladi, liberalizm va demokratiya tarafdorlariga qarshi choralar ko’ra boshladi. Moskvaga qo’shin kiritib, RSFSR hukumat organlari joylashgan Oq uyga tanklarni yo’naltirdi va shturm qilishga qaror qilishdi. O. Shenin tomonidan chaqirilgan KPSS MK kotibiyati barcha partiya tashkilotlaridan FXDQni vaqtincha qo’llashni talab qildi va siyosiy byuroning bunga mos bo’lgan qarorini tayyorladi.
Ammo davlat apparati xodimlari, jumladan, harbiylar ham FXDQ farmonlarini bajarishga shoshilmadilar. Hatto FXDQni qo’llagan KPSS tarkibidagi kompartiyalar va ba’zi respublika rahbarlari ham bunga mos choralarni ko’rishmadi. Qozog’iston rahbari Nazarboyev FXDQni qo’llab-quvvatlamadi, Boltiqbo’yi respublikalari rahbarlari esa uni qoralashdi. Deyarli hamma joyda kommunistlar turli kayfiyatda edi va hatto FXDQga norozilik bildirishdi. Bu KPSSning to’la layoqatsizligini namoyish etdi.
Respublikalar hukumatlari endi o’z suverenitet va mustaqilliklarini mustaqkamlash uchun qayg’urishlari kerak edi, chunki ba’zilari Rossiya rahbariyatidagi ittifoq markazi funksiyalarini o’z qo’liga olishga bo’lgan moyillikdan tashvishda edilar. Bolva (Putcha)dan keyin tezda Moldaviya, O’zbekiston, Qirg’iziston, Ukraina, Ozarbayjon, kuzda Tojikiston va Belorussiya, dekabrda Qozog’iston o’z mustaqilliklarini e’lon qildi.
Referendumlar sentyabrda Armaniston, oktyabrda Turkmaniston, 1-dekabrda Ukraina mustaqilligini tasdiqladi. 1991- yil kuzga kelib, hujjatlarda aks ettirilmagan bo’lsa-da, SSSR amalda mavjud emas edi.
Tayanch so’z va iboralar: Sovet Ittifoqi, referendum, mustaqillik, s’yezdlar, deklaratsiya, Boltiqbo’yi davlatlari, Respublika, KPSS, partiya organlari, suverenitet, GKChP, rejali sotsializm, tashqi siyosat.
1 Qarang: Медведев В. А. Распад. Как он произошол в “мировой системе социализма”. – М., 1994. – С. 85.