8-Mavzu: t-limfositlar Reja: t-limfositlar



Yüklə 23,9 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü23,9 Kb.
#139241
иммунология 8-


8-Mavzu: T-Limfositlar
Reja:
1. T-Limfositlar.
2. Markaziy va periferik organlar immun tizimi haqida ma’lumot.
3. Immun tizimining asosiy komponentlari.

Limfotsitlar umurtqali hayvonlarning immun tizimidagi oq qon hujayralari (leykotsitlar) turidir. Ular ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va koʻmikda ishlanib chiqadi. Limfotsitlar kichik (4,5—6,5 mkm), oʻrta va yirik diametrli (10—18 mkm) xillarga boʻlinadi. Limfotsitlar amyobasimon harakat-lanish, shuningdek, monotsitlar, makrafaglar, fibroblastlar (fagotsitoz qiladigan yirik hujayralar) va boshqalarga aylanish xususiyatiga ega; u himoya vazifasini bajaradi; antitelolar hosil boʻlishida (plazmatik hujayralarga aylanib) ishtirok etadi, boshqa hujayralarga oziq moddalar yetkazib beradi va h.k. Qonda limfotsitlar sonining kamayishi limfotsitopeniya, koʻpayishi


esa limfotsitoz deyiladi. Limfotsitlarga mansub tabiiy "killer" (qotil) hujayralar (hujayra vositasidagi, sitotoksik tugʻma immunitetda qatnashadi), T hujayralari (hujayra vositachiligida, sitotoksik adaptiv immunitet uchun) va B hujayralari (gumoral, antitelo tomonidan boshqariladigan adaptiv immunitet uchun) kiradi.Ular limfada aylanishda joylashgan hujayraning asosiy turi boʻlib, "limfotsitlar" nomini oladi.Limfotsitlar harakatdagi oq qon hujayralarining 18% dan 42% gacha qismini tashkil qiladi. Morfologik jihatdan ikki: katta va kichik shakli farqlanadi va bu tuzilishlar oʻzaro oʻxshash. Limfositlar yadrosi yirik, yumaloq boʻlib, deyarli butun hujayra hajmini egallaydi. Yadrosi toʻq koʻk rangga boʻyaladi. Sitoplazmasi juda kam miqdorda, granulalarsiz, och koʻk rangda boʻyaladi. Limfotsitlar qobigʻida yot moddalarga nisbatan yuksak sezuvchanlikka ega boʻlgan retseptorlar borligi tufayli, ular organizmning “oʻzinikini” va yotni ajrata bilish qobilyatiga ega. Funksional subtiplar rivojlanishiga koʻra, kichik limfositlar uch turga boʻlinadi. B-limfositlar – suyak iligida ishlanadi va ammo keyingi tafovutlanishi ichak, chuvalchangsimon oʻsimta, tanglay va halqum limfoid toʻqimasida kechadi. Qushlarda bu limfotsitlar fabritsiy xaltasi (bursa)da rivojlangani sababli B nomini olgan. Ular limfotsitlarning 20-30% qismini tashkil qiladi. B limfotsitlarning asosiy funksiyasi antitelolar hosil qilish orqali gumoral immunitet yaratishdir. Antigenlar bilan uchrashgandan soʻng B limfotsitlar koʻmik, taloq va limfa tugunlariga borib koʻpayadi va plazmatik hujayralarga aylanadi. Plazmatik hujayralar esa immunitetning gamma globulinlarini ishlab chiqarishga javobgardir. B limfotsitlarning oʻzi: B killerlar, B xelperlar, B supressorlar .
T-limfositlar suyakda sintezlangandan keyin, timusda qayta ishlanadi va hujayraviy immunitetni hosil qiladi. Ular barcha limfotsitlarning 40-70% qismini tashkil qiladi. T limfotsitlar hujayra immuniteti reaksiyalarini bevosita amalga oshiradi. Ular yot hujayralar, jumladan oʻsma hujayralari, yot transplantat hujayralar va mutant hujayralarni fagositoz orqali yemirilib genetik gomeostazni amalga oshiradi. T limfotsitlar limfokinlar nomli immunitet mediatorini ishlab chiqaradi va immun xotira vazifasini bajaradi. T limfotsitlar ham bir necha turlarga boʻlinadi: T killerlar – yot hujayralarga (antigenlarga) xujum qilib ularni yemiradi yaʼni hujayra immuniteti reaksiyasini amalga oshiradi. T xelperlar (yordamchilar) hujayra va gumoral immunitetning sodir boʻlishini yengillashtiradi. T supressorlar B limfotsitlarning xaddan ortiq reaksiyalarini blokada qilib, boʻgʻib qoʻyadi. Limfotsitlarning yana bir turi – xotira hujayralarining vazifasi antigenni eslab qolish va ikkinchi marta organizmda paydo boʻlsa, ishonchli mudofaani taʼminlashdan iborat.
Tabiiy killerlar (natural killerlar/NK) hujayraning tugʻma immunitetni hosil qiladi. Bunda NKlar IgG bilan qoplangan har qanday hujayrani oʻldiradi. Bu jarayon antigenga bogʻlangan hujayra vositachiligidagi sitotoksiklik deyiladi. NKlar oʻsma hujayralariga va virus bilan zararlangan hujayralarga yuqori sitotoksik ta’sir koʻrsatadi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR:

      1. Immun tizimi hujayra faoliyati bilan bog;lanadi?

      2. To’qima faoliyatining immune tizimiga ta’siri qanday?

      3. Markaziy immun tizimi nima?

      4. Periferik immune tizimi qanday ishlaydi?

      5. Immun tizimining asosiy komponentlari qaysilar?

Yüklə 23,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin