po„latlari deyiladi. Metall va qotishmalarni qizdirib bosim bilan ishlaydigan
asboblar va soviqlayin-qizdirmasdan bosim bilan ishlaydigan asboblar bor. Shu
nuqtai nazardan qiziydigan, qizimaydigan shtamplar mavjud.
Qizimaydigan shtamp po‘latlari
Qattiqligi HRC=60-62 bo„ladi. Uglerodi 1% dan kam bo„lmagan
po„latlardan (С10A, С11A, С12A) yasaladi. Ushbu po„latlarning toblanish
chuqurligi kichkina bo„lgani uchun nisbatan yengil sharoitda ishlaydigan, oddiy
shaklli mayda detall shtamplarini yasash uchun ishlatiladi. Murakkab formali, og„ir
detallar shtamplari, qaysiki, og„ir sharoitda ishlaydi, toblanish chuqurligi katta
bo„lgan legirlangan po„latlardan yasaladi.
Shtamplar po„latlarining eng ko„p ishlatiladigani quyidagilar: 4XС, 6XС,
4XВ2С, 6XВ2С.
Qizimaydigan bosim ostida ishlaydigan asboblarga kiryalar (fil‟eralar) ham
kiradi. Kirya – fil‟era ko„zlari sim tortilishi natijasida yeyiladi va qiziydi. Shuning
uchun ular yeyilishga va issiqqa chidamli xromli legirlangan po„latlardan yasaladi.
X12, X12M, X12Ф1, X6ВФ.
Dostları ilə paylaş: