8-sinf jahon tarixi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/82
tarix25.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134723
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
6-sinf-TARIX-1024 5555 (2)

 
 
13-Bobil podsholigi (27)
 
Savollar va javobi 
1. Bobil podsholigi qachon Mesopotamiya janubidagi eng yirik davlatga aylangan? 

mil.avv.2-mingyillikda 
2. «Bobil» so’zining ma’nosini aniqlang. 

«xudolar darvozasi» 
3. Bobilning bosh ko’chasi qaysi darvoza bilan tugallangan? 

Ishtar darvozasi 
4. Mil.avv.XVIII asrda qaysi podsho butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirgan? 

Xammurapi 
5. Bobil podshosi Xammurapi qaysi yillarda hukmronlik qilgan? 

mil.avv.1792-1750-yillar 
6. Xammurapi qonunlariga ko’ra shifokor amalga oshirgan operatsiyasi natijasida bemor bevaqt 
vafot etsa nima qilingan? 

shifokorning qo’llari kesilgan 
7. Xammurapi qonunlariga ko’ra arxitektor qurgan uy to’satdan qulab biror kishini bosib qolsa 
qanday jazo belgilangan? 

arxitektor qatl qilingan 
8. Xammurapi qonunlariga ko’ra qarzni vaqtida qaytarmagan kishiga qanday jozo belgilangan? 

oila a’zolarini qarz bergan kishiga uch yilga qullikka bergan 
9. Xammurapi qonunlariga ko’ra ayblanuvchi jabrlanuvchinining ko’zlariga jarohat yetkazgan 
bo’lsa qanday jazo belgilangan? 

uning ko’zlariga jarohat yetkazilgan 
10. Xammurapi qonunlariga ko’ra yong’in mahalida o’g’irlik ustida qo’lga tushgan kimsa qanday 
jazolangan? 

o’sha zahoti olovga tashlangan 
11. Xammurapi qonunlariga ko’ra qulfbuzar o’g’ri qanday jazolangan? 



o’sha yerning o’zida o’ldirilib ko’mib yuborilgan 
12. Xammurapi qonunlarini nima uchun so’zsiz og’ishmasdan bajarish talab qilingan? 

xudolarning xohish-irodasi sifatida talqin qilinganligi uchun 
13. Xammurapi vafotidan so’ng Bobil shahrini qaysi qabila bosib olgan? 

tog’lik kassitlar 
14. Yangi Bobil podsholigi qachon vujudga kelgan? 

mil.avv.VII asrda 
15. Yangi Bobil podsholigi qaysi podsho davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga erishgan? 

Navuxodonosor II 
16. Qaysi hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo’shib oladi, Iyerusalimni vayron qilib 
tashlaydi? 

Navuxodonosor II 
17. Yangi Bobil podsholigining qaysi hukmdori turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida 
pishgan g’isht ishlatish to’g’risida farmon bergan? 

Navuxodonosor II 
18. Yangi Bobil podsholigida qaysi darvoza chiroyli va nafis bo’lgan, hayvonlar va qushlar tasviri 
tushirilgan niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan? 

Ishtar darvozasi 
19. Qachon Yangi Bobil podsholigiga Eron qo’shinlari bostirib kirib bosib olishgan? 

mil.avv.539-yil 
20. Forslarni Bobil podsholigidan qaysi hukmdor haydab chiqargan edi? 

Makedoniyalik Aleksandr 
21. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng Bobil qaysi davlat tarkibiga kirgan? 

Salavkiylar davlatiga 
22. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri Shumer mixxati qachon vujudga kelgan? 

mil.avv.4 -mingyillik 
23. Bobil podsholigida badavlat oila farzandlari ta’lim oluvchi maktablar qayerda tashkil qilinar 
edi? 

hukmdor saroylarida va ibodatxonlarda 
24. Shumerliklar tomonidan quyosh yili necha kun qilib belgilang? 

365 kun 
25. Mesopotamiyada qachon turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturilamal 
tuzilgan edi? 

mil.avv.3 -mingyillikda 
26. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlar qayerda paydo bo’lgan edi? 

Mesopotamiya 
27. Shumerliklar tomonidan oy yili necha kun qilib belgilang? 

354 kun

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin