8-sinf jahon tarixi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/82
tarix25.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134723
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
6-sinf-TARIX-1024 5555 (2)

 
 
18-Xitoyning qadimgi sivilizatsiyalari (14)
 
Savollar va javobi 


1. Xitoyda dastlabki sivilizatsiyalar qachon vujudga kelgan? 

mil.avv.3-2-mingyillikda 
2. Qadimgi Xitoy davlati qayerda vujudga kelgan edi? 

Xuanxe daryosining o’rta oqimida 
3. Xitoychada qaysi daryoning nomi «sariq daryo» ma’nosini bildirgan? 

Xuanxe 
4. Qadimgi xitoyliklar Xuanxe daryosini qanday nom bilan ta’riflagan edilar? 

barcha javoblar to'g'ri 
5. Qadimgi Xitoyda qachon qabilalar ittifoqlari vujudga kela boshlagan? 

mil.avv.3-mingyillikda 
6. Xitoyda mil.avv.2-mingyillikda ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashishi natijasida qaysi 
davlat vujudga kelgan? 

Shan davlati 
7. Xitoyda mil.avv.2-mingyillik oxirida Shan davlatiga qaysi qabilalar bostirib kirgan edi? 

chjou qabilasi 
8. Xitoyda chjou qabilalari Shan davlati o’rnida qaysi davlatni barpo qilishgan? 

Chjou davlati 
9. Chjou podsholigi kattaligi bois hukmdorlar uni qanday atashar edi? 

Zafaryor yoki O'rta podsholik 
10. Qadimda qaysi davlat hukmdorlari o’zlarini «Osmon o’g’illari» deb atashganlar? 

Chjou davlati 
11. Xitoyga sholi urug’i dastlab qayerdan keltirilgan edi? 

Hindistondan 
12. Xitoy aholisi qadimda sholidan tashqari yana qaysi mashxur o’simlik va daraxtni o’stirganlar? 

choy va tut daraxti 
13. Chjou davlatida markaziy hokimiyat qachon zaiflasha boshlagan? 

mil.avv.VIII-VII asrlarda 
14. Xitoyda Sin davlati qachon tuzilganligini aniqlang? 

mil.avv.III asrda
 
 
19-Miloddan avvalgi III—milodiy II asrlarda Xitoy (19)
 
Savollar va javobi 
1. Sin davlatining birinchi hukmdori Sin Shixuandining hukmronlik qilgan yillarini aniqlang? 

mil.avv.246-210-yillar 
2. Sin Shixuandi o’z davlati hududini nechta viloyatga taqsimlagan? 

36 viloyatga 
3. Xitoyning qaysi hukmdori o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergan edi? 

Sin Shixuandi 
4. Qaysi hukmdor qabridan imperatorni qo’riqlash uchun o’rnatilgan 6 mingta sopol askarlar 
haykallari topilgan ? 

Sin Shixuandi 
5. Qadimda qaysi maqbara 720 ming odam bilan 37 yilda bunyod etilgan edi? 

Sin Shixuandi maqbarasi 
6. Xitoyda Buyuk devorni qurish qaysi hukmdor davrida boshlangan edi? 

Sin Shixuandi 
7. Qadimda balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi 4000 kilometr bo’lgan devor qayerda 
qurilgan? 

Xitoy 
8. Sin sulolasiga qarshi Lyu Ban boshchiligidagi dexqonlar qo’zg’oloni qachon boshlangan? 

mil.avv.206-yil 


9. Sin davlati xarobalari o’rnida qaysi sulola boshchiligida yangi davlat barpo etilgan? 

Xan sulolasi 
10. Xan davlati qachongacha mavjud bo’lgan edi? 

220-yilgacha 
11. Mil.avv.140-87-yillarda Xan davlatini eng qudratli davlatga aylantirgan hukmdorni aniqlang? 

U-Di 
12. Xitoy hukmdori Sin Shixuandi xunnlarning hujumidan himoyalanish uchun qanday chora 
ko’rgan edi? 

Buyuk devor qurdirishni boshlagan 
13. Qadimda «qizil qoshlilar» qo’zg’oloni qaysi davlatda ro’y bergan? 

Xan davlatida 
14. Xitoyda «sariq ro’molilar qo’zg’oloni» qachon ro’y bergan? 

milodiy II asrda 
15. Xitoy imperiyasi qachon uchta podsholikka parchalanib ketgan? 

IV asrda 
16. Xitoyda qachondan bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tilgan? 

ikki yarim ming yil muqaddam 
17. Xitoyda qog’oz qachon ixtiro qilingan? 

mil.avv.I asrda 
18. Xitoyda ixtiro qilingan zilzilani oldindan aytib beruvchi asbob qanday nomlangan? 

seysmograf 
19. Xitoyliklar ixtiro qilgan dunyo tomonlarini aniqlovchi asbob qanday nomlangan? 

kompas

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin