9- mavzu: Inson falsafasi. (antropologiya ) Ma'ruza rejasi


Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari



Yüklə 45,16 Kb.
səhifə14/14
tarix25.09.2023
ölçüsü45,16 Kb.
#129383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9-ma`ruza

Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari. Faoliyatni tartibga solishning umumiy mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar va me'yorlarni kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an'analarning ijtimoiy-madaniy me'yorlari, qoidalarining mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. Me'yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini ta'minlaydi, ijtimoiy jarayonning uzluksizligini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash usullari va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me'yorlar har xil bo‘ladi.
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat'iy belgilovchi qoidalarning butun bir turkumi mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar dunyosini va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar dunyosini o‘zgartirish usullarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bular standartlar – muayyan ishni bajarishda qat'iy rioya qilish lozim bo‘lgan sifat, shakl va o‘lchamning qat'iy belgilangan namunasi; qoidalar - tegishli holatlarda qanday ish ko‘rish lozimligini belgilovchi ko‘rsatmalar; etalonlar - faoliyatda mo‘ljal sifatida foydalanish lozim bo‘lgan qat'iy belgilangan, standartlashtirilgan qadriyatlardir. Inson faoliyatini tartibga solishni ta'minlovchi ijtimoiy me'yorlar tizimida huquq normalari va axloq me'yorlari alohida o‘rin egallaydi.
Huquq va axloq. Huquq - davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, ya'ni qilmishni ma'qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir.


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savolari:

  1. Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyati qanday?

  2. Inson borlig‘ida ong va ruhiyatni falsafiy tushunish nima?

  3. Insonning paydo bo‘lishi (antropogenez) va ongning kelib chiqishi masalasini tushuntiring?

  4. Inson borlig‘ida ong va ongsizlikning nisbati qanday?

5. Inson ongining namoyon bo‘lish shakllariga nimalar kiradi?
6. Ong tarkibida bilimning o‘rni qanday?
7. O‘z-o‘zini anglashni qanday tushunasiz?
8. O‘z-o‘zini anglash shakllariga nimalar kiradi?
9. Milliy o‘zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?
10. Ong – inson miyasining funksiyasi ekanligini tushuntiring.

  1. Falsafa tarixida inson va uning kelib chiqishi to‘g‘risida qanday ta'limotlar shakllangan?

  2. Insonni falsafiy tushunishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

13. Inson muammosiga yondashuv Sharq falsafasi va G‘arb falsafasida qanday farq qiladi?
14. Falsafiy anropologiya fanining predmeti va vazifalarini qanday tushunasiz?
15. Insonning bioijtimoiy mohiyatini ta'riflab bering.
16. Inson to‘g‘risidagi turlicha konsepsiyalarni farqlab bering.
17. Inson, individ, shaxs tushunchalarini qanday talqin qilasiz?
18. Erkinlik va zaruriyat kategoriyalarining mohiyatini qanday izohlaysiz?
19. Faoliyat tushunchasini qanday ta'riflaysiz?
20. Falsafaning faoliyatning mohiyati va turli jihatlarini tahlil qiladigan sohasi nima deb ataladi?
21. Faoliyatning tuzilishi va atributlarini tushuntiring.
22. Inson faoliyatini tartibga solish mexanizmlariga nimalar kiradi?



1  Фараби. Существо вопросов// Антология мировой философии. М., 1969. Т.1. Ч.2. 728-б.

2  Ибн Сина. О душе.//Человек. Мыслители прошлого и настоящего. М., 1991. 196-б.

Yüklə 45,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin