9- mavzu: Inson falsafasi. (antropologiya ) Ma'ruza rejasi



Yüklə 45,16 Kb.
səhifə11/14
tarix25.09.2023
ölçüsü45,16 Kb.
#129383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9-ma`ruza

Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatning umumiy tuzilishi ehtiyojlar bilan belgilanadi Insonning ehtiyojlari uning faollik manbai hisoblanadi. Hayot ehtiyojlari (insonning jonli mavjudot sifatidagi ehtiyojlari), ijtimoiy ehtiyojlar (ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, shuningdek shaxsning jamiyatga moslashuv ehtiyojlari) va ma'naviy (ma'rifiy, diniy, axloqiy, estetik va sh.k.) ehtiyojlar farqlanadi. Ehtiyojlarning rang-barangligi inson faoliyati turlarining rang-barangligini belgilaydi. Faoliyat turlarini tasniflash zamirida yotuvchi eng muhim omil u qaratilgan va faoliyat motivini tashkil etadigan predmetlar farqidir. Faoliyat motivsiz bo‘lmaydi, «motivlashtirilmagan» faoliyat sub'ektiv pinhona motivga ega bo‘ladi.
Harakatlar va amallar. Faoliyat harakatlardan tashkil topadi. Harakat alohida maqsadga, ya'ni erishilishi lozim bo‘lgan natija haqidagi tasavvurga bo‘ysunadigan jarayon sifatida tavsiflanadi. Maqsad inson ongida ehtiyoj va motiv bilan faoliyat ob'ektiv holatlarining nisbatlashuvi jarayonida yuzaga keladi. O‘z navbatida, holatlar maqsadga erishish yo‘llarini belgilaydi. Bular faoliyat shartlari bilan belgilanadigan amallar hisoblanadi. SHunday qilib, umuman faoliyat motiv bilan, harakat – maqsadlar bilan, amallar – shartlar bilan belgilanadi.
Faoliyatning atributlari. Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, faoliyat turlarini tasniflash uchun asos bo‘lib uning inson tomonidan o‘zgartiriladigan ob'ekt: tabiat, jamiyat, insonning o‘ziga qaratilganligi xizmat qiladi. Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida avvalo sub'ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Sub'ektlilik va moddiylik. Faoliyatning sub'ektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning o‘tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo‘ljallari, motivlari va maqsadlari, emotsiyalari va irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar bilan belgilanadi. Faoliyatning moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning qo‘li bilan o‘zgartiriladigan tabiat va jamiyat kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo insonning o‘zi, uning o‘z-o‘zini kamol toptirishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va shaxs o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli harakatlar ham o‘zgartirish faoliyatining predmeti bo‘lishi mumkin.

Yüklə 45,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin