9- mavzu: Inson falsafasi. (antropologiya ) Ma'ruza rejasi



Yüklə 45,16 Kb.
səhifə4/14
tarix25.09.2023
ölçüsü45,16 Kb.
#129383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9-ma`ruza

Emotsiya. Ong tuzilishining emotsional komponenti hodisalar va voqealarga ijobiy yoki salbiy munosabat (umid, quvonch, qo‘rquv, umidsizlik va sh.k.) yoki loqaydlikni keltirib chiqaradi. Shaxsni baxslashish, tashvishlanish, emotsional shok, affekt holatida bo‘lishga (rashq qilish, nafratlanish, yomon ko‘rishga) undaydi, uning stress yoki frustratsiya (gangirab qolish, ruhiy ezilish) holatida bo‘lishiga, quvonishi yoki g‘azablanishiga sabab bo‘ladi. Kechinmalar va emotsiyalarning axborot jihatidan muhim tomoni sub'ektning ob'ektga bergan bahosidan iborat (yaxshi - yomon, yaxshiroq - yomonroq va hokazo).
Iroda. Emotsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish sub'ektning irodasi bilan uzviy bog‘liqdir. Sub'ekt faoliyat ko‘rsatayotgan ob'ektiv sharoit bilan uni amalga oshirishning sub'ektiv imkoniyatlari tafovut qilib qolganda sub'ekt faoliyatini iroda yordamida tiklash, tartibga solish zarur bo‘ladi. Shaxs avval echim tanlab, qaror qabul qilib, so‘ngra uni amalga oshirishi zarur bo‘lib qolgan hayotiy vaziyatda iroda ishga solinadi. Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning xatti-harakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi. Bu erda sub'ektning ishning ko‘zini bilib qaror qabul qila olishi alohida rol o‘ynaydi, bu esa iroda erkinligini bildiradi.
Xotira. Ong tizimida xotira tajribaning integral yig‘uvchisi va ifodachisi bo‘lib xizmat qiladi. Xotira - kishining yoki kishilik jamiyatining o‘zining yoki o‘zganing o‘tgan zamondagi faoliyatini hozirgi zamonda saqlab qolish va tiklash layoqatidir. Xotira shunday bir yo‘naltiruvchiki, u tufayli sub'ekt vaqtda ham, makonda ham muvaffaqiyatli yo‘nalish oladi, bu esa uning faoliyat rejalari, sxemalari va dasturlarini tuzishida ifodalanadi. Xotiraning boshqa bir funksiyasi – o‘tmishdagi voqelikni tafakkuriy qayta tiklashdir. Xotira insonga tarixiy o‘tmishni va istiqbolni ko‘rishga, kelajakni oldindan ko‘rishga imkon beradi.
Tafakkur. Tafakko'rning o‘zi emas, balki odam fikrlaydi. Odamning tafakkuri hamisha g‘oyat shaxsiy va individualdir va sub'ektning qurshab turgan dunyodagi ob'ektiv aloqalar va munosabatlarni muayyan maqsadni ko‘zlab, umumiy va vositali tarzda bilishini, sub'ektning ijodiy, bunyodkorlik faoliyatini, sodir bo‘layotgan hodisalar va voqealarni aks ettirishdan oldin prognoz qilishni, yangi g‘oyalar, qarashlar, farazlar va nazariyalar yaratishni o‘z ichiga oladi. Tafakkur odamning dunyoqarashini, uning dunyoni his qilishi va idrok etishini, odamning o‘z borlig‘iga, o‘z qilmishlariga, orzu-umidlariga o‘zi bergan bahoni doimo kengaytirib boradi. Odamning tafakkuri murakkab va faol jarayondir, u abstraktlashtirish va umumlashtirish, analiz, sintez, taqqoslash, o‘xshatishni, o‘zining murakkabligi, xarakteri va mazmuni jihatidan g‘oyat xilma-xil bo‘lgan vazifalarni oqilona o‘rtaga qo‘yish va hal etishni o‘z ichiga oladi. Fikrlovchi odam mantiqiy natija va xulosalar chiqarishga, hayotiy tajribaga, mehnat va kasb malakasi va mahoratiga ega bo‘la oladi, u biron-bir masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini isbotlashga, dalillar bilan asoslab berishga va himoya qilishga layoqatli bo‘ladi.
Ongdan tashqari, odamning xatti-harakatiga, uning butun ruhiy olamiga g‘ayrishuuriy jihatlar, ongsizlik va ongosti katta ta'sir qiladi. SHu ikki komponent - ong va ongosti (ongsizlik) - bir-biriga kuchli ta'sir o‘tkazadi, ular ajralmasdir va, ifodali qilib aytganda, qattiq o‘zaro nazorat va ta'sir ostida bo‘ladi. Ongsizlik – inson aqliy sohasidan tashqarida, ong tomonidan nazoratga olinmaydigan turli ruhiy hodisa va holatlar majmuidir. Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, odamning ongi borib etmagan, anglab olinmagan psixik faoliyati shunday sezgilar, idroklar va tasavvurlarni o‘z ichiga oladiki, ba'zan ularga odamning aqli etmaydi, odam ob'ektga qaraydi-yu, uni ko‘rmaydi, payqamaydi, eshitadi-yu, eshitganini idrok etmaydi. Ongosti (ongsizlik) sohasi ruhiy borliqning tush, gipnoz holati, anglab olinmagan istak, sub'ektning hayotidagi noxush voqea arafasida oldindan his qilingan qo‘rquv kabi shakllarini qamrab oladi. Ongsizlik sohasiga insonning biologik mavjudot sifatidan holi bo‘lmagan instinktlari kiradi. Instinktlar insonda ongosti istak-mayllari, tuyg‘ulari, hohish impulslarini paydo qiladi, keyin ular ong sohasiga aylanadi.
Avtomatizm deb ataladigan hodisa va intuitsiya ong yordamida tug‘ilishi, keyin esa ongsizlik sohasiga o‘tishi mumkin. Avtomatizm insonning murakkab harakatlari bo‘lib, dastlab ong nazorati ostida sodir bo‘ladi, uzoq mashq qilishlar, ko‘plab takrorlashlar oqibatida nazoratdan chiqadi va ongsizlikka aylanadi. Masalan, musiqa asboblarini chalish, suzish, velosiped yoki avtomobil haydash, ba'zi oddiy mehnat qilish usullari va hokazo. Bunday avtomatizmlar hayotimizga chuqur kirib borgan. Ongsizlik tizimida odamning muayyan vaziyatda ma'lum faollikka intilishi, tayyorligi muhim o‘rin tutadi.
Ongostida shaxsning hayotidagi juda ko‘p hajmdagi axborotlar, uning individual turmush tajribasi o‘rnashib, yig‘ilib qoladi. Inson tomonidan avtomatik, instinktiv tarzda sodir etiladigan, himoya mexanizmi rolini bajaradigan va miyani doimiy zo‘riqishdan himoya qiladigan ko‘pgina harakatlar ongosti tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi. G‘ayrishuuriylik, bu - ham hayotiy yo‘l-yo‘riq, ham odamning odatidir, nihoyat, bu intuitsiyadir – miyaning o‘rtada turgan vazifalarni ilgari olingan va xotirada saqlanayotgan ma'lumotlar asosida hal qilish bo‘yicha anglanmagan, g‘ayrimantiqiy ishining natijasidir.
SHu ma'noda, ongsizlik inson hatti-harakatlarini boshqarishi ham, ongga muayyan tarzda tasir ko‘rsatishi ham mumkin ekan. Ongostini falsafiy va psixik analiz qilishga Zigmund Freyd, Karl YUng, Erix Fromm katta e'tibor berdilar.
Xulosa qilib aytganda, ongsizlik va onglilik inson yagona ruhiy faoliyatining nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki tomonidir. Ongsizlikda inson faoliyatini kuchaytirish, ayniqsa, sub'ekt ijodiy faoliyatining boy imkoniyatlari bor. Ong ongsizlikni vujudga keltirib, inson hatti-harakatlarining umumiy strategiyasini nazorat qilib borishga qodir. Garchi inson hatti-harakatlari, xususan, uning sotsial hatti-harakati ong bilan belgilansa-da, anglangan hatti-harakat faqat axloqiy, xulq-atvor aktlari bilangina chegaralanib qolmaydi, unda ongsizlikka ham, albatta, o‘rin qoladi
Ongning asosiy, muhim funksiyalaridan biri odamning o‘z-o‘zini anglashidir, ya'ni o‘z borlig‘ini refleksiv tarzda anglashidir. Agar ong insonni o‘rab turgan dunyoni anglashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini anglashda esa sub'ekt o‘zini ob'ekt sifatida qabul qiladi. Bunda tahlil ob'ekti bo‘lib shaxsiy tasavvur va fikrlar, xis-tuyg‘ular, kechinma hamda qiziqishlar, maqsadlar, hatti-harakat, jamoa, oila va jamiyatdagi ahvol kabilar hisoblanadi. O‘z-o‘zini anglash faqat o‘zni bilish emas, balki o‘ziga nisbatan muayyan munosabat hamdir. Faylasuflar orasida birinchilardan bo‘lib Suqrot inson borlig‘i uni o‘rab turgan dunyoni anglash bilan parallel ravishda o‘z-o‘zini anglash, o‘zining ruhiy dunyosini anglash jarayonisiz kemtik bo‘lib qolishini payqab etgan edi. Inson o‘zini sub'ekt sifatida ajratib, o‘z bilishini o‘ziga qaratishi, o‘z talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish yuritishi, faoliyat va ishlarini nazorat qila olishi hamda boshqarishi, o‘z-o‘ziga o‘z faoliyatining borishi va natijasi haqida hisob berishi, xullas, o‘zi bilishning ham sub'ekti, ham ob'ekti bo‘lgan jarayonni falsafada o‘z-o‘zini anglash deyiladi.
O‘z-o‘zini anglashning eng muhim ko‘rinishi bu ma'lum ijtimoiy guruh, jamoa, xalq, millatning o‘z-o‘zini anglashidir. Ma'lum millatning o‘z-o‘zini anglashi – milliy o‘zlikni anglash deyiladi. Milliy o‘z-o‘zini anglash – milliy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida milliy madaniyat va madaniy meros, milliy qadriyatlar bilan bog‘liq holda o‘ta murakkab va ziddiyatli aloqadorlikda vujudga keladi. Bunda milliy manfaatlar milliy o‘z-o‘zini anglashning asosiy manbaini tashkil qiladi. Milliy madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish va egallash, ularni qayta idrok qilish va yaratish milliy o‘zlikni anglash rivojlanishining asosiy shart-sharoitlaridir. SHu bilan birga, milliy o‘z-o‘zini anglash o‘z o‘rnida milliy madaniyat, ma'naviyat va manfaatlar yanada rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omildir. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning hozirgi sharoitida milliy o‘z-o‘zini anglash mamlakatimiz ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda.

Yüklə 45,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin