9-amaliy mashg`ulot. Multimediali o’quv kurslarini yaratish
CourseLab dasturi: CourseLab — bu kuchli va shu bilan birga foydalanuvchiga oddiy bo’lganb internet tizimida, masofaviy ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo’ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo’ljallangan kuchli va ishlatish oson bo’lgan dasturiy vositadir.
CourseLabning asosiy imkoniyatlari:
W YSIWYG tizimida ko’rish va natijalarni olish mumkin bo’lgan ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish.
Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.
Obe’ktiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi.
Senariylardan foydalanish murakkab ko’p «Obe’kt»li bog’liq-liklarni yaratishni osonlashtiradi.
Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.
Ochiq obe’ktiv interfeys obe’kt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.
Obe’ktlar animasiyasi mexanizmiga ega.
iSpringPro dasturi: iSpringPro dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.swf) va HTML formatiga konvertasiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi. Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.
Xususan:
Yaratiladigan elektron o’quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o’tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integrasiyalashtirish mumkin degani.
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta’minlaydi
Ushbu paket o’z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o’quv kurslari, har xil so’rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.