9-innovatsion loyihani amalga oshirish: startapdan korporasiyagacha



Yüklə 234 Kb.
səhifə5/6
tarix27.09.2023
ölçüsü234 Kb.
#129476
1   2   3   4   5   6
I= (S*N*P*D)/C=B/C (1)54
P=PT*PC*PF (2)55
I – innovatsiyalarni baholash indeksi; S – yillik maksimal sotuv hajm; N – mahsulotdan olinadigan sof foyda (%); P – muvaffaqiyat ehtimoli; D – diskont; S – ITIlar uchun kelajak xarajatlari; PT texnik ehtimollik; PC - tijoratdagi ehtimollik; PF – moliyaviy muvaffaqiyat ehtimoli.
Innovatsion salohiyat tavsifini o‘rganishda bir qator mualliflar uning shakllanish va foylanish jihatiga ko‘proq e’tibor qaratishadi.
Masalan, V.D.Jarikov va B.A.Pateevlar sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashda statistik va dinamik ko‘rsatkichlarni ajratadilar. Statistik ko‘rsatkichlarga korxonada foydalanilayotgan texnologiya, uskunalar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida yangi texnologiyalarning, shu jumladan yangi texnikalar va mahsulot yangi turining ulushi kiritadilar. Dinamik ko‘rsatkichlarga esa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, texnologiya va uskunalarni chiqarib tashlash va yangilash koeffitsientini hamda yangi mahsulotni ishlab chiqarish sur’atining o‘sishi (pasayishi)ni, yangi texnologiyalar, yangi uskunalarni tadbiq etish va boshqalarni kiritadilar.56
Mualliflar tomonidan sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashda integral usuldan foydalanish taklif etiladi. Integral ko‘rsatkichni hisoblash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:57





50 Андриянов В.Д. Россия: экономический и инвестиционный потенциал. - М.: ОАО «Изд-во «Экономика». 1999.. с. 86.
51 Орлов А. Международное соглашение по защите интеллеетлальной собственности // МЭ и МО №5 2015. -с. 39.
52 Чечелова Т.В. Инвестиционный потенциал региона: теория, проблемы, практика. - М., «Экономика», 1999. - с. 272.
53 Управление социально экономическим развитием России: концепции, цели, ме.\анизмы /Рук.авт.кол.: Д.С.Львов, А.Г.Поршнев. Гос.ун-т упр. Отделение экономики РАН. - М.: ЗАО «Издательство «Экономика»». 2002. -с. 66.
54 Ўша манба
55 Ўша манба

Bu yerda: qi – umumiy ko‘rsatkichlarning (innovatsion salohiyatning tarkibiy qismlari) muhimlik koeffitsienti; n – ko‘rsatkichlarning umumiy soni; qa – hususiy ko‘rsatkichlarning muhimlik koeffitsienti; Ra – hususiy ko‘rsakich indekslari.


Agar hususiy ko‘rsatkichlarni ekspert baholash usulidan foydalanmay turib, umumiy ko‘rsatkichlarga aylantirish mumkin bo‘lsa, umumiy hisoblash formulasida ∑qaRA o‘rniga ∑baRa dan foydalaniladi.
Bunda ba – o‘tgan davrlar ma’lumotlari asosida hisoblanadigan koeffitsient.
Innovatsion salohiyat ko‘rsatkichining integral tarkibi tahlil qilinganda, umumiy va hususiy ko‘rsatkichlar quyidagi funktsional bog‘liqlikni ifodalaydi:

Bu yerda: I, Tt, Rst, K, F, Org, Prv, Pr, Prd – mos ravishda axborot, texnik- texnologik, intelektual, tijorat, moliyaviy, tashkiliy, ishlab chiqarish, huquqiy va tadbirkorlik salohiyatlari, n – innovatsion salohiyatning tarkibiy unsurlari soni.


Tadqiqotlar dunyo olimlarining aksariyat qismi mamlakatning innovatsion salohiyatini baholashda eng asosiy omillar sifatida YaIM va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qismini qabul qilganliklarini ko‘rsatdi.
Fikrimizcha, boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilmasdan turib, faqat YaIM hajmining oshishi hech narsani anglatmaydi. YaIM hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishiga asosan xom ashyo, past sifatli iste’mol tovarlari, samarasiz mashina va asbob-uskunalar hisobiga ham erishish mumkin. Yoki, aksincha, YaIM o‘sish sur’atlari nisbatan past darajada bo‘lib, unga asosiy sabab ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh tovarlar (ya’ni, avtomobil, kompyuter, maishiy texnika, elektronika va ushbu tovarlarni kam xarajat bilan ishlab chiqarishga imkon beruvchi sanoat asbob-uskunalari) taklif qilinishi bo‘lishi ham mumkin. Ushbu holatlarni mantiqan tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchisida, mamlakatda innovatsion salohiyat yuqori, ikkinchi vaziyatda esa, past degan xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun ham bir qator, ya’ni, makro, mezo va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan holda mamlakatning innovatsion salohiyatini uning shakllanishi va undan foydalanish nuqtai-nazaridan kompleks baholashni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.




56 Жариков В.Д., Б.А.Патеев Организация инновационной деятельности и оценка инновационного потенциала промышленных предприятий // Организатор производства. -2003. № 2. -с. 68-72.
57 Ўша манба
Innovatsion salohiyatning shakllanishi uning moliyaviy, moddiy va ishchi kuchidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlari, undan foydalanish darajasi esa, samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Innovatsion salohiyatning tarkibiy qismlaridan foydalangan holda, mamlakatda uning darajasini kompleks baholashda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Tizimda dastlab mutloq, keyin esa, nisbiy ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Mutloq ko‘rsatkichlar ushbu sohaga kiritilayotgan investitsiyalar oqimi umumiy hajmining o‘zgarish tendentsiyasini, uning moddiy-texnik holatini, mehnat unumdorligining o‘zgarish dinamikasini va innovatsion faoliyat natijalarini miqdoriy baholashga imkon beradi.
Mutloq ko‘rsatkichlar dinamikasi tizim ichidagi (mamlakat, mintaqa, tarmoq, korxona) innovatsion salohiyatni baholashda muhim rol o‘ynaydi. Ulardan foydalanib turli tizimlarni o‘zaro taqqoslash mumkin, lekin bunday baholash orqali real holatni aniqlab bo‘lmaydi, chunki, turli xil tizimlar o‘zlarining imkoniyat va ko‘lam jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shunga qaramasdan, turli tizimlardagi mutloq ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atini o‘rganish ijobiy natija berishi mumkin.
Turli xil mutloq ko‘rsatkichlar nisbati asosida innovatsion salohiyatni nisbiy ko‘rsatkichlar (koeffitsientlar) orqali baholash mavjud holatni aniqroq tahlil qilish imkonini beradi.
Koeffitsientlar orqali tahlil qilishni tizim ichidagi foydalanuvchilar o‘rtasida hamda turli xil tizimlarni taqqoslashda amalga oshirish mumkin. Masalan, bir mamlakat doirasida innovatsion salohiyatni baholashda mintaqalar bo‘yicha koeffitsientlarni taqqoslash va ularning reytingini tuzib chiqish mumkin. Bu erda koeffitsientlarning o‘rtacha va me’yoriy qiymatini aniqlash muhim. Umuman olganda, agar koeffitsientlar o‘zaro taqqoslanmaydigan bo‘lsa, u hech qanday mazmunga ega bo‘lmaydi.
Mamlakat innovatsion salohiyatini baholash uslubiyatini ishlab chiqishda uning asosiy tarkibiy qismlarini to‘rtta guruh ko‘rsatkichlariga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi guruh – innovatsion salohiyatning moliyaviy tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; ikkinchisi – moddiy; uchinchisi – kadrlar bo‘yicha; to‘rtinchisi – natijaviy ko‘rsatkichlardir.

  1. Birinchi guruhdagi mutloq ko‘rsatkichlar milliy innovatsion sohani moliyalashtirishning fizik hajmini ifodalaydi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, YaIMga nisbatan investitsiyalar ulushi va shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan:

Mutloq ko‘rsatkichlar:

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda investitsiyalar hajmi.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda davlat byudjeti mablag‘lari hajmi.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda korxonalarning o‘z mablag‘lari hajmi.

    • tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga ajratilgan mablag‘lar hajmi. Nisbiy ko‘rsatkichlar:

-ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar hajmining YaIMdagi ulushi.
investitsiyalar umumiy hajmida nomoddiy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar ulushi.

    • ITTKI bo‘yicha bitta tadqiqotchiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar darajasi.

    • ITTKIga ichki xarajatlar ulushi.

    • ITTKI bo‘yicha korxona ichki xarajatlarida tajriba- konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarining ulushi.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga kiritilgan ichki investitsiyalar hajmining YaIMdagi ulushi.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida byudjet mablag‘lari ulushi.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga ajratilgan byudjet mablag‘larining YaIMdagi ulushi.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga ajratilgan byudjet mablag‘larining jami byudjet xarajatlaridagi ulushi.

  1. Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlari innovatsion salohiyatning moddiy tarkibini ifodalab, undagi mutloq ko‘rsatkichlar ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ularning asosiy fondlari qiymatini o‘zida aks ettiradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ularning asosiy fondlari qiymatini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan tashkil topgan:

Mutloq ko‘rsatkichlar:

    • korxonalardagi mavjud asosiy fondlar qiymati.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi asosiy fondlar qiymati.

    • yangidan kiritilgan asosiy fondlar qiymati.

    • ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar soni.

    • tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni.

    • oliy ta’lim muassasalari soni.

    • sanoatda innovatsion-faol tashkilotlar soni. Nisbiy ko‘rsatkichlar:

    • asosiy fondlarning eskirish darajasi.

    • korxona asosiy fondlari qiymatida fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi asosiy fondlar qiymatining ulushi.

    • asosiy fondlarning o‘rtacha qiymatida yangidan kiritilgan asosiy kapital qiymatining ulushi.

    • mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan shug‘ullanayotganlar ulushi.

    • mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar innovatsion-faol tashkilotlar ulushi.

    • sanoatda faoliyat yuritayotganlar umumiy hajmida innovatsion-faol tashkilotlar ulushi.

    • korxonalar jami aktivlarida intelektual mulk (nomoddiy aktivlar) qiymatining ulushi.

  1. Uchinchi guruh ko‘rsatkichlar innovatsion salohiyatning kadrlar bo‘yicha tarkibini ifodalab, undagi mutloq ko‘rsatkichlar innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar soni, ularning o‘rtacha ish haqi va yoshini o‘zida aks ettiradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, jami ishchilarga nisbatan innovatsion faoliyatda

band bo‘lgan xodimlar ulushini aniqlash orqali hisoblanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan:
Mutloq ko‘rsatkichlar:

    • fan sohasida band bo‘lganlarning o‘rtacha ish haqi.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar umumiy soni.

    • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga jalb qilingan xodimlar

soni.


  • tadqiqotchilar va texnik xodimlar soni.

  • tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar soni.

  • oliy ta’lim muassasalari soni.

  • OTMning professor-o‘qituvchilar tarkibi.

  • fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) soni.

  • fan doktorlari (Doctor of Science) soni.

  • oliy ta’lim sohasida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda band bo‘lganlar soni.

  • tadbirkorlik sohasida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda band bo‘lganlar soni.

  • talabalar soni.

  • OTM bitiruvchilari soni.

  • ITTKIdagi kadrlar salohiyatining o‘rtacha yoshi.

  • bir yilda qabul qilingan ilmiy xodimlar.

  • bir yilda ishdan bo‘shagan ilmiy xodimlar soni. Nisbiy ko‘rsatkichlar:

  • o‘rtacha oylik ish haqining fan sohasida band bo‘lganlar o‘rtacha oylik ish

haqiga nisbati.

    • band bo‘lganlar sonida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarga jalb qilingan xodimlar sonining ulushi.

    • band bo‘lganlar sonida tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar sonining ulushi.

    • OTMning professor-o‘qituvchi tarkibida fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science)ning ulushi.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘idagi yollanma ishchilar ish haqi xarajatlarining umumiy xarajatlarga nisbati.

    • yil davomida ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shagan ilmiy xodimlar nisbati.

    • 10000 (o‘n ming) aholi soniga to‘g‘ri keladigan talabalar miqdori.

  1. To‘rtinchi guruh ko‘rsatkichlari innovatsion salohiyatning natijaviy tarkibini ifodalab, ular innovatsion faoliyatni iqtisodiy o‘sishning omili sifatida ifodalaydi va uning samaradorligini ko‘rsatadi. Mutloq ko‘rsatkichlar innovatsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan realizatsiya hajmini, xarajatlar va foyda miqdorini, shu bilan birga, yaratilgan, eksport va import qilingan texnologiyalar miqdorini, patent olishga topshirilgan arizalar va berilgan patentlar miqdorini aniqlashga xizmat qiladi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, olingan mutloq ko‘rsatkichlarni mamlakat, mintaqa yoki tarmoq bo‘yicha shunday ko‘rsatkichlarga solishtirish orqali aniqlanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan:

Mutloq ko‘rsatkichlar:

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘idan olingan foyda miqdori.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining ish haqi xarajatlari.

    • innovatsion faoliyatga qilingan xarajatlar hajmi.

    • amaliyotga joriy qilingan yangiliklar (texnologiyalar) miqdori.

    • yaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari.

    • eksport qilingan texnologiyalar hajmi.

    • import qilingan texnologiyalar miqdori.

    • yangi innovatsion tovar va xizmatlar hajmi.

    • berilgan patentlar soni.

    • amalda foydalanilayotgan patentlar soni. Nisbiy ko‘rsatkichlar:

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida olingan foydaning umumiy foydaga nisbati.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida olingan foydaning ushbu tarmoqda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga nisbati.

    • innovatsion tovar va xizmatlar hajmining umumiy sanoat mahsulotlari hajmiga nisbati.

    • sanoatdagi innovatsion-faol korxonalar umumiy xarajatlarida texnologik innovatsiya xarajatlar ulushi.

    • amaliyotga joriy qilingan yangiliklarning yaratilgan barcha yangiliklarga nisbati.

    • eksport va import qilingan texnologiyalar nisbati.

    • fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida olingan foydaning amaliyotga joriy qilingan yangiliklarga nisbati.

    • amaliyotga joriy qilingan va yaratilgan yangiliklarning o‘sish sur’atlari nisbati.

    • berilgan patentlar hajmining amaliyotga joriy qilingan yangiliklar miqdoriga nisbati.

    • 1 mln. (bir million) kishiga to‘g‘ri keladigan patent olishga berilgan arizalar soni.

    • yangi innovatsion tovar va xizmatlar hajmining umumiy innovatsion tovar va xizmatlar hajmiga nisbati.

    • innovatsion tovar va xizmatlar realizatsiyasi hajmi o‘sish sur’atining YaIM o‘sishiga nisbati.

    • ishlab chiqarishda mashinasozlik ulushi.

o‘sishidan innovatsion investorlar manvfaatdorligini oshirish zarur.

Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin