9-Ma’ruza. Jarayonlarni rejalashtirish algoritmlari va parametrlari. Semaforalar.
Reja:
Jarayon tushunchasi;
Jarayon holati;
Jarayonlarni boshqarish bloki;
Jarayonlarni boshqarishni rejalashtirish;
Jarayonlar ustida amallar.
Jarayon tushunchasi
Jarayon (process) – bu foydalanuvchining bajarilayotgan (ishlayotgan) dasturi. Operatsion tizimlar ishlash vaqtida dasturlar sinfining ko’p sondagisini bajaradi: paketli topshiriqlar; vaqtni bo’lib olish rejimida foydalanuvchi dasturi, tizimli dasturlar va jarayonlar. Bir qancha o’xshash tushunchalar mavjud: foydalanuvchi dasturlarni xarakterlovchi dasturlar: jarayon (process), topshiriqlar (job), masalalar (task). Biroq, bu yerda ularning orasidagi farqni ajratib ko’rsatmaymiz: jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini va ularni OTda boshqarishni yaxshiroq o’rganish uchun, ushbu atamalarni sinonim sifatida ko'rib chiqishimiz mumkin, chunki ko'plab OT haqidagi adabiyotlarda shunday shaklda ta’riflangan.
Dostları ilə paylaş: |