Jarayonlarni boshqarish bloki
Jarayonlarni boshqarish bloki (Process Control Block – PCB) – har bir jarayon bilan bog'liq quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan, jarayonni boshqarish uchun OT tomonidan ishlatiladigan tizimli ma'lumotlar tuzilmasi:
Jarayon holati
Buyruq hisoblagichining joriy qiymati (jarayonning bajarilishi davom etishida qo’llaniladi);
Protsessor registrlari qiymatlari (bu ham jarayonni qayta tiklash uchun qo’llaniladi);
Protsessorning dispetcherlash uchun ma’lumot (jarayon stekiga ko’rsatkich, jarayon raqami);
Xotirani boshqarish uchun ma’lumot (jarayon xotira maydoni chegarasi);
Statistik ma’lumotlar (jarayon bajarilishining umumiy vaqti, bajarilishi uchun talab qilingan vaqt qoldig’i, kiritish-chiqarish vaqtining yig’indisi va boshq.);
Kiritish-chiqarish haqidagi ma’lumotlar (ochiq fayllar ro’yxati).
Jarayonlarni boshqarish blokining strukturasi 2-rasmda tasvirlangan.
2-rasm. PCB strukturasi
Bitta jarayondan boshqasiga o’tish
Operatsion tizim, jarayonlarni boshqarishda, ularning birma-bir navbati bilan bajarilishini ta'minlaydi. Ushbu vazifani OT rejalashtiruvchisi hal qiladi. Bir jarayondan protsessorning boshqa jarayonga o’tish sxemasi 3-rasmda tasvirlangan.
3-rasm. Bir jarayondan boshqasiga o’tish
Sxemada ikkita P0 va P1 jarayonlar tasvirlangan. P0 jarayonda uzilish yoki tizimli chaqiruv bo’lgan vaqtda operatsion tizim uning holatini PCBga saqlaydi va protsessor P1 jarayonga o’tadi (xuddi shunday P1 jarayonni qayta ishlaydi). Jarayonlarning bajarilish davri va jarayonlardan har biriga o’tish ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |