9-MAVZU : XALQARO KREDIT VA UNI JALB QILISH YO‘LLARI
Reja: 1. XALQARO KREDIT, UNING MOHIYATI.
1.1. Xalqaro kredit, uning mohiyati. Xalqaro kredit munosabatlari.
1.2. Xalqaro kreditning tamoyillari, shakllari va turlari
2. O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO KREDITNI O‘RNI
2.1.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro kreditni o‘rni
2.2.O‘zbekistonning xalqaro valyuta kredit munosabatlarida rolini oshirish yo‘nalishlari
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko‘plab omillar ta’sirida xalqaro valutakredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o‘zining o‘ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy
aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog‘liq jahon tajribasini o‘rganish O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinign rivojlanishi o‘z navbatida
investitsiyalar hajmining o‘sishiga, mamlakatning toboro integratsiyalashuvini
oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda ham xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
tobora rivojlanib bormoqda.
Bu to‘g‘risida davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Xalqimizning
fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish
yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 018-yilga nisbatan – mana shu raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman 3,1milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.