9 Мavzu. Boshlang‘ich adabiy ta’limda nasriy va she’riy asarlar ustida ishlashdagi o‘ziga xosliklar Reja



Yüklə 47,97 Kb.
səhifə3/5
tarix26.02.2022
ölçüsü47,97 Kb.
#114702
1   2   3   4   5
Маруза 9

Men seni topgandim, ammo yaxshi qol,

Sen: “Yaxshi qol!” – degil, “Ko‘rishguncha”mas.

Bul quyosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol,

Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir qasd.

Birinchi misradagi “topgandim” so‘zi shundan dalolat beradi. Inson “topdim” degan so‘zni qidirgan, istagan yoki orzu qilgan narsasiga erishganda qo‘llaydi. Demak, Qiz yigit timsolida orzusidagi muhabbatni, ishqida telbavor Majnunni topdim deb o‘ylagan. Shu misraning o‘zidayoq “ammo” so‘zining keltirilishi uning adashgani, muhabbat borasida xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatadi. Tiyiqsiz tuyg‘ular etovida yurgan, xayolan oq otlik shahzodani kutgan bo‘y qiz o‘z nazdida orzulariga erishgan edi, lekin u visoldan kutilgan natijani – baxtdan mastlik lazzatini tuyolmadi. Orzulari sarob bo‘lib chiqqanini tezda payqadi.

Albatta, she’rda ko‘ngildagi muhabbatning topilishi bilan uning sarob ekanini anglash va bu muhabbatdan voz kechgungacha bo‘lgan oraliqdagi hayot mashaqqatlari, “yaxshi qol” degan qarorga kelgungacha ruhiyatda ro‘y bergan kurash hamda bu jarayondagi qiynoqlar haqida hech so‘z deyilmaydi. Oradagi butun boshli hayot “topgandim” va “ammo” so‘zlari hamda ular orasidagi vergulga joylashtirilgandek tasavvur paydo bo‘ladi kishida: “Men seni topgandim, ammo yaxshi qol”. Buni ruhi bezovta she’rxon o‘zi anglab oladi.

Ko‘rinadiki, Qiz – katta jur’at egasi. Ayollar Allohning itoatkor, taqdir etoviga bo‘ysunuvchan yaratig‘i, degan tasavvur mavjud. Haqiqatdan ham ayollar tabiatan orqasida suyanchig‘i bo‘lishiga moyil xalq. Shoiraning qahramoni esa isyonkor. U taqdirga qarshi chiqa olgan, uzul-kesil qarorni qabul qilishga o‘zida kuch topa bilgan ayol. Bunga hamma ayol ham qodir emas. Qiz ertaga hayotida nimalar bo‘lishini, kelajakda uni qanday sinovlar kutayotganini bilmaydi, lekin muhabbatsiz yashashni, aybsiz bir odamni aldashni istamaydi. Qolaversa, nega shunday qilayotganini asoslab ham o‘tirmaydi. Uning asosi she’rxonga butun matnni o‘qish davomida ayon bo‘ladi.

Bandning ikkinchi misrasida qahramon Jabrlanuvchiga hech qanday umid qoldirmaydi, u bilan abadiy xayrlashishini ma’lum qiladi: «Sen: “Yaxshi qol!” – degil, “Ko‘rishguncha”mas”. Qizning qarori o‘tinch emas, hukm. Lekin bu hukm she’rda o‘ta yumshoqlik bilan bayon etilgan. Agar bu fikr “yaxshi qol” degin” yoki “yaxshi qol” de” tarzida ifodalanganda edi, talab, buyruq ohangi yuzaga kelgan bo‘lardi. “Sen “yaxshi qol” degil” – ya’ni “n” tovushi o‘rniga “l” tovushining qo‘llanilishi ifodani ancha yumshatgan. Chunki Qiz ko‘ngil og‘rig‘ining hisob-kitobi borligini juda yaxshi biladi. Shuning uchun imkon qadar og‘riqni yumshatishga, ikkinchi bir qalbni ayashga harakat qilingan.

Keyingi ikki misra shoira bilgichligining isbotidir: “Bul quyosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol, Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir qasd”. Quyoshning “ol bo‘l”ishida Qiz uchun tabiatning jazosi bor. Ma’lumki, Quyosh o‘z nurlari bilan ba’zi yaratiqlarni yayratib-yashnatsa, ba’zilarini qovjiratib-quritib yuboradi. Bu o‘rinda Qizning o‘z xatti-harakatini ikkinchisiga daxldor sanashi ko‘rinadi. Qolaversa, oy ham quyoshga sherik. U ham jafokor qizning umriga qasd qiladi. Qiz bu isyoni uchun yuqoridan jazolanishini biladi. Ma’lumki, dardkash inson kechalari bedor bo‘ladi. Bedorlik esa kishini o‘ylashga, o‘z xatti-harakatlarini taftish qilishga majbur qiladi. Bu taftish jarayonida Qiz xatolari uchun o‘zini o‘zi “eb” boradi va bu, pushaymon va hijolatlik, o‘z-o‘zidan uning umrini egovlaydi – joniga qasd qiladi. Ushbu misralarni o‘qigan kishida qiz mazkur vaziyatda aqlining emas, ko‘nglining etovida ish tutgani uchun tabiat ham uni jazolaydi, jabrlangan bir ko‘ngil uchun undan o‘ch oladi, deganga o‘xshash tasavvur paydo bo‘ladi. Ayni zamonda she’rxon inson hamisha ham aqlining etovida yura olmasligi, ba’zan ko‘ngli g‘olib kelib, dil amri bilan ish ko‘rgani sabab jazolanishi haqida o‘yga toladi.

Hayotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ba’zan ko‘ngil tilaklarini bosishga inson aqlining kuchi etmay qoladi. Odam aqlda ixtiyorli bo‘lsada, ko‘ngilda beixtiyordir. Ayni vaqtda, ko‘ngil etovida yurgani bois ko‘p turtki eydi, azob tortadi. Odam bu holni tushunolmaydi va adolatsizlik sanaydi. Inson har qanday intilish visol bilan yakun topishini istaydi. Adabiyotshunos Q. Yo‘ldoshevning: …har qanday ayriliq ham insonni uchrashuv tomon, visol sari etaklaydi. Biz hayot va inson tuyg‘ularining inja aksi bo‘lmish she’riyatda ham tasvir nishabi, albatta, shu tomonga burilishiga ko‘nikkanmiz9, – degan fikri ham shundan dalolat. Lekin qarangki, visol hamisha ham, hammaga ham kutilgan natijani beravermas ekan. Har bir inson o‘zicha betakror yaratiq bo‘lgani kabi uning taqdiri ham, ma’lum ma’noda qaytarilmasdir. Hamma ham umumiy mezonlarga tushavermaydi. Alloh insonga hamisha, har qanday muammoli vaziyatdan chiqish yo‘lini unga tanlash imkoniyati bilan taqdir qilarkan. Tanlash esa o‘sha odamning xarakteri va ma’naviy olamiga bog‘liq bo‘ladi. She’rning qahramoni ham o‘z taqdir yo‘lini o‘zi tanlaydi.

Bandning so‘nggi misrasida “bu” ko‘rsatish olmoshi “bul” shaklida qo‘llanilgan. Bittagina “l” tovushi Qizning isyoni darajasini bir qadar yumshatib, ikkinchi bir dilni og‘ritgani uchun o‘zi kechayotgan iztirobining balandligini ifodalagan. Misralardagi «bo‘ladir», «qiladir» so‘zlarida oxirgi «r»ning orttirilishi ham ifodani ma’lum darajada yumshatgan, ham ikkinchi dilning iztirobini engillatishga moyillik bordek tuyuladi. Jazo ko‘lamining kengligini yaxshi anglab turgan isyonkorning xatti-harakati oshiqqa og‘ir botmasligi uchun shunday qilinganday tasavvur paydo bo‘ladi, o‘quvchida. She’rning bu misralaridagi ifoda “Bu quyosh hali ko‘p ol bo‘ladi, ol, Bu oy ham umrimga ko‘p qiladi qasd”dan ko‘ra ancha yumshoq ekanligi ham ko‘rinib turibdi.

She’rning ikkinchi bandida g‘amga botgan «aybdor» o‘z yog‘iga o‘zi qovurilayotgani tasvirlangan:


Yüklə 47,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin